Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                

Hudayda — Yaman Arab Respublikasidagi shahar. Aholisi 360 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Mamlakatning Qizil dengiz boʻyidagi muhim por-ti: chetga kofe, quruq mevalar, teri, paxta chiqariladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mexanika ustaxonalari, paxta tozalash, oziq-ovqat, tamaki, yogʻochsozlik korxonalari, ip gazlama fabrikasi mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan H.ning eski shahar qismida Bob al-Mushrif darvozasi, Katta masjid saqlangan.