Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                

Andoza:Wikidata image

Abu-l-Hakam (Abu Jahl) Amr ibn Hishom ibn al-Mug‘iyra al-Qurashiy al-Maxzumiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi taxminan 570-yil
Vafoti milodiy 624-yil (hijriy 2-yil)
Oʻlim sababi Badr jangi
Dini Politeizm
Tanilgan sohasi Muhammad va Islom dinining ashaddiy dushmanlaridan

Abu Jahl (arabcha: أبو جهل ) asl ismi Amr ibn Hishom taxminan 570-yillarda Makkada tugʻilgan. Quraysh qabilasining Maxzum urug‘iga mansub. Makka zodagonlaridan biri. Muhammad paygʻambar targʻibotiga qarshi turgani, unga dushmanlik qilgani uchun laʼnatlangan. Islom diniga ashaddiy dushman bo‘lgani bois, Payg‘ambar Abu-l-Hakam kunyasini Abu Jahl deb o‘zgartirgan. Dor an-Nadva aʼzosi bo‘lgan Abu Jahl Rasulullohning daʼvatiga avvaldan qarshi chiqqan va musulmonlar zarariga uyushtirilgan barcha fitnalarda ishtirok etgan.

Paygʻambarga qarshi fitnalari

tahrir

Abu Jahl o‘z qabilasiga mansub bo‘lmagan kishining payg‘ambarligini qabul qila olmagani uchun Muhammadga ishonmasligini ochiq eʼtirof qilgan. Qabiladagi obro‘si va boyligidan kuch olgan Abu Jahl butun umr Islomga qarshi harakat qilgan, xalqni Islomni qabul qilishiga to‘sqinlik qilib, musulmon bo‘lganlarni iymonlaridan voz kechishida qo‘lidan kelgan ishini qilgan. Musulmonlikni qabul qilgan shaxs jamiyatda nufuzli kishi bo‘lsa unga o‘z hurmatini to‘xtatishini aytish bilan, tijoratchi bo‘lsa, faoliyatini kasodga uchratishi bilan tahdid qilar, kuchsiz va kimsasiz kishi bo‘lsa, uni kaltaklab jarohat yetkazish bilan qaytarishga urinar edi. Sahoba Ammor ibn Yosir bilan uning ota­-onasi va yana bir qancha musulmonlarni Islom dinini qabul qilganlari uchun o‘ta og‘ir qiynoqlar bilan qiynagan. Ammorning onasi Sumayyani shahid qiladi. Abu Jahl ilk musulmonlardan bo‘lgan o‘gay ukasi Ayyosh ibn Abu Rabi’ani aldab, Madina shahridan Makkaga qaytarib, uni Madinaga qaytishiga yillar mobaynida to‘sqinlik qiladi.

Abu Jahl Makkaga kelgan xorijliklarga nisbatan o‘ta ehtiromsiz muomalada bo‘lardi. Abdulmalik ibn Hishom al-Maʼofiriy Ibn Ishoqdan quyidagi maʼlumotlarni keltiradi: „Allohning dushmani Abu Jahl ibn Hishomning Rasulullohga nisbatan adovati va kuchli nafratiga qaramasdan Muhammadni har ko‘rganida Alloh uni u Zot oldilarida xor qilardi“. Bir kuni Abu Jahl al-Iroshiyning tuyalarini sotib olib pulini bermay yuradi. Al-Iroshiy bu haqida Rasulullohga shikoyat qilib, haqqini undirib berishda yordam qilishlarini so‘raydi. Shunda Rasululloh u bilan birga Abu Jahlning uyiga boradi. Eshikni taqillatganida, eshikni ochgan Abu Jahlning rangi o‘chib ketadi va al-Iroshiyning haqqini tezlik bilan olib chiqib beradi. Abu Jahldan uning qilgan harakatining izohi so‘ralganida, u: „Muhammad eshigimni qoqqanida ovozini eshitar-eshitmas qalbim qo‘rquvga to‘ldi. Oldiga chiqdim. Uning boshi uzra bir erkak tuya turardi. Hech qachon unday vajohatli erkak tuyani ko‘rmaganman. Qasamki, agar talabini rad qilganimda, tuya meni o‘sha yerning o‘zida yeb qo‘yardi“, deydi.

Bu holat u bilan Rasululloh namoz o‘qiyotganida ustilariga katta toshni tashlamoqchi bo‘lganida ham sodir bo‘lgan.

Bir kuni Rosululloh Kaʼbani yonida namoz oʻqiyotganida u zotga aziyat yetkazish uchun Abu Jahl yoniga yaqinlashdi. Uni kuzatib turganlar bu safar u Abu Tolibning jiyanini ayab oʻtirmasa kerak deb oʻylashaddi. Qarashsa Abu Jahl orqaga yura boshladi. Uni toʻxtatish uchun borishganida ham u yana orqaga tisariladi. Birdan sargʻayib birodarlarini oldiga keladi va nima boʻlganligini soʻrashganida Abu Jahl titragan holda boʻlgan voqeani ularga aytdi: „Uni oldiga yaqinlashganimni bilan bir chuqurda olov yaqinlashib keldi hali umrimda unday alangali olovni koʻrmaganman dedi. Sal boʻlmasa yuzim kuyardi-ya“, — dedi. Shunda uni mazah qilib kulishdi. Balkim qoʻrqqaning uchun senga koʻringandir deyishganida, „Men qoʻrqadigan odammi?“ —deydi Abu Jahl. Undan oʻsha chuqurni bularga koʻrsatishini soʻrashganida u koʻrsatgan chuqurda hech qanday olovning izi ham yoʻq edi. Shunda Abu Jahl ularga kulgu boʻlmasligi uchun „Ha-ya, meni sehrlagan boʻlsa kerak“, — deydi va dam olmasa oʻziga kelolmasligi bilib uyiga ravona boʻladi.

Qur’on oyatlarini yolg‘onga chiqargan, Rasulullohni qavmi o‘rtasida kamsitishga harakat qilgan Abu Jahl, bir kuni Ul Zot Ka’bada namoz o‘qiyotganlarida ustilariga tuya ichak-chavoqlarini tashlaydi.

Shuningdek, Safo tepaligida Payg‘ambar haqida yomon so‘zlar aytadi. Buni eshitgan Hamza Kaʼba atrofida o‘tirgan Abu Jahlni oldiga borib, uni boshiga kamon o‘qi bilan urib jarohat yetkazadi.

Hijratdan bir necha yil avval Bani Maxzum raisligiga tayinlangan Abu Jahl Payg‘ambar va musulmonlarga har doim ham qavliy, ham amaliy qarshilik qilgan. Rasulullohning Madinaga hijrat qilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida Dor an-Nadvada o‘tkazilgan majlisda Ul Zotni har bir qabiladan tanlangan yoshlar tomonidan o‘ldirish taklifi bilan chiqqan va hijrat kechasi uylarini o‘rab olib o‘ldirishni rejalashtirgan ham Abu Jahl bo‘lgan.

Oʻldirilishi

tahrir

Payg‘ambar hijratning birinchi yili rabi’ul-avval oyida (milodiy 622-yil, sentabr) Hamzani Abu Jahlning rahbarligidagi katta bir tijorat karvoniga qarshi safarga mas’ul qiladi. „Siyf al-bahr safari“ nomi bilan tanilgan bu safardan jangsiz qaytilgan. Abu Jahl Badrda ansoriylar tomonidan o‘ldiriladi. Abu Jahl qatl qilingan boshqa mushriklar bilan birga qurigan quduqlardan biriga tashlangan. Payg‘ambar tomonidan „ummat fir’avni“, deb sifatlangan Abu Jahlning Islom dini zarariga olib borgan faoliyati, Rasululloh va sahobalarga qilgan zulm va nohaqliklari sababli ko‘plab oyatlar nozil bo‘lgan („An’om“ surasi, 108-oyat; „Duxon“ surasi, 43-46-oyatlar; „Alaq“ surasi, 9-18-oyatlar). Islomni qabul qilgan onasi Asmo bint Muharriba taxminan hijratning o‘n uchinchi yili (milodiy 634-yil)da vafot etgan. Makka fathidan keyin musulmon bo‘lgan o‘g‘li Ikrima esa mashhur voliy va qo‘mondon bo‘lib, Islomga xizmat qilgan[1].

Adabiyotlar

tahrir
  1. Al-Buxoriy. Mag‘āzӣ. 2, 7, 8, 10, 12;
  2. Ibn Hishom. Sӣra. Qohira: 1936, I, 273, 283, 315, 319, 320, 337, 342, 370, 379, 383; II, 6, 16, 28, 29, 32, 118, 125, 126, 131, 132, 269, 270, 274, 275, 287, 288, 292, 321, 368;
  3. Ibn Sa’d. At-Tabaqāt. I, 202, 203, 209, 227;
  4. Al-Balozuriy. Ansāb al-ashrāf. I, 124–130,133, 142, 158, 160, 208;
  5. Ibn al-Asir. Al-Kāmil. II, 56–63, 67, 69, 71–73, 83, 101, 102, 105, 106, 120, 129;
  6. Az-Zirik­liy. Al-A’lām. V, 87.;
  7. Mehmet Ali Kapar. «Ebû Cehil». TDV İA. – İstanbul: 1994. X, 117–118;
  8. A.A. Ali-zade.  Abu Djaxl // Islamskiy ensiklopedicheskiy slovar. – M.: «Ansar», 2007. 26;
  9. Islom. Ensiklopediya. – T.: «O‘zME DIN», 2017. 22;
  10. Abdulmalik ibn Hishom al-Ma’ofiriy. As-Siyra an-nabaviyya. – T.: «Sharq», 2011. I (1), 210-211, 216-217, 228; I (2), 264, 267, 273, 294, 379;
  11. Alixonto‘ra Sog‘uniy. Tarixi Muhammadiy. – T.: «Movarounnahr», 2017;
  12. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Islom tarixi. – T.: «Hilol-nashr», 2017.

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.