Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                

Adyutant (lotincha adjutans — yordam beruvchi) — 1) boshliq (komandir, qoʻmondon) huzurida turli topshiriqlarni bajaruvchi harbiy xizmatchi (zobit). 2) podsho Rossiyasi armi-yasida shtab va boshqarmalarda harbiy de-von mutasaddisi boʻlgan zobit lavozimi (katta polk, batalyon va divizion A.i); 17-asr 2-yarmida yasovul nomi bilan Rossiyada joriy boʻlgan, 1716-yil Harbiy Nizom bilan rasmiylashtirilgan; 3) monarx (podsho, imperator) huzuridagi harbiy mansablardan biri. General mansabidagi A. general-A. deb, zobit mansabidagi — fligel-A. deb atalgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil