Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                

Akrom Malik (1991-yil, 1-yanvar Toshkent viloyati, Piskent tumani) – navoiyshunos olim, shoir va yozuvchi. U Jangchi, Xalqa qissalari, „Qalbning ichidagi nur“ risolasi va bir necha asarlar muallifidir.

Akrom Malik
Tavalludi
Akrom Malikov

1-yanvar 1991-yil (1991-01-01) (33 yosh)
Taxallusi Akrom Malik
Abdulloh Nusrat
Kasbi Yozuvchi, jurnalist, navoiyshunos, shoir
Ijod qilgan tillari oʻzbekcha
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Yoʻnalish Nasr, nazm
Shoh asari Xalqa (qissa)
Jangchi (qissa)
Qalbning ichidagi nur (risola)

Shoir va yozuvchi Akrom Malik qamoqda ham ilmiy va badiiy ijod bilan mashgʻul boʻlib, uning Jangchi, Xalqa kabi qissalari, „Qalbning ichidagi nur“ risolasi va bir necha sheʼrlari ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatchilikka yetib borgan[1][2][3].

Akrom Malik 2016-yil iyul oyi oxirida „Abdulloh Nusrat“ taxallusi ostida Karimov tuzumi haqida yozgan siyosiy-tanqidiy maqolalari jinoyat sifatida baholangan[1][2][3][4].

Akrom Malikning „Qalbning ichidagi nur“ risolasi Alisher Navoiyning Xamsa dostonidagi „Hayrat ul-abror“ asari matni, sharhi, nasriy bayoni va lugʻatini oʻzida mujassam qilgan birinchi kitobdir. Akrom Malik ushbu kitob haqida fikr bildirar ekan „Navoiyni oʻzbek xalqi sevadi. Uni ommaga yaqinlashtirishda ushbu kitob yordam beradi. Mening asosiy maqsadim ushbu kitobni 3 jildini ham chop ettirishdir“, deydi. 476 sahifali ushbu risola filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinov hamda filologiya boʻyicha falsafa doktori Olim Davlatov muharrirligi ostida „Tamaddun“ nashriyotida 3 ming nusxada chop etilgan[5].

Qamalishi

tahrir

Akrom Malikov 2016-yil iyul oyida muholifatdagi Muhammad Solih bilan hamkorligi va „Abdulloh Nusrat“ tahallusi ostida yozgan siyosiy-tanqidiy maqolalari jinoyat sifatida baholanib[6], Milliy xavfsizlik xizmati (hozirda Davlat xavfsizlik xizmati) tomonidan qamoqqa olingan[1][2][7] va 2017-yil 13-yanvarda[1][6] Jinoyat Kodeksining 159-moddasi 3-qismi „a, b“ bandlari („Konstitutsion tuzumga tajovuz“), 244-moddasi 3-qismi „a, v, g“ bandlari („Jamoat xavfsizligiga tahdid“)[1] bilan ayblanib, 6 yilga[8] ozodlikdan mahrum etilgan. Yozuvchining hibsga olingani haqida maʼlumotlar oradan salkam bir yil oʻtib, ochiqlanadi[6][9][10][11].

2019-yili Akrom Malik oʻzi saqlanayotgan qamoqxona mahkumlari nomidan Prezident Shavkat Mirziyoyevga tabrik yoʻllagan[1][3][4][12].

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi 48-qamoqxonada jazo muddatini oʻtayotgan yozuvchi 4 yildan soʻng, 2020-yilning 27-avgust kuni Oʻzbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan ozodlikka chiqarildi[1][2][4][7][13].

Yutuqlari

tahrir

2021-yil 20-may kuni Adiblar xiyobonida boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida Ilhom mukofoti respublika tanlovida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgani uchun Akrom Malikov Spark avtomobili bilan taqdirlandi[7][13][14][15].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 „Акром Малик: «Сиз бошлаган сиёсатнинг эпкинлари қамоқхоналарга ҳам кириб борди...»“. https://www.xabar.uz. Xabar.uz. Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Navoiyshunos Akrom Malikov ozodlikka chiqdi“. https://interfax.uz. interfax.uz. Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Navoiyshunos olim, shoir va yozuvchi Akrom Malik ozodlikka chiqdi“. https://daryo.uz. Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Akrom Malik ozodlikka chiqdi“. https://www.gazeta.uz. Gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.
  5. „Akrom Malik qamoqxonada yozgan asariini chop ettirdi“. https://rost24.uz. ROST24. Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Акром Малик: бегуноҳни жиноятчига айлантиришнинг "ўзбекча" усули“. https://www.bbc.com. BBC. Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.
  7. 7,0 7,1 7,2 „Akrom Malik «Spark» sohibi bo‘ldi“. https://xabar.uz. Xabar.uz. Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.
  8. „Jurnalist Akrom Malikov ustidan chiqarilgan hukm o'zgarishsiz qoldirildi“. https://www.amerikaovozi.com. Amerika ovozi. Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.
  9. „Ўзбекистон қамоқхонасидаги блогер Акром Маликнинг тақдири“. https://www.bbc.com. BBC. Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.
  10. „Таниқли навоийшунос Акром Маликовга чиқарилган суд ҳукми ўрганилмоқда — Олий суд“. https://xabar.uz. Xabar.uz. Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.
  11. „Akrom Malikning jinoyat ishi yuzasidan chiqarilgan sud qarorlari o‘rganilmoqda“. https://daryo.uz. Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.
  12. „Акром Малик озодликка чиқарилди“. https://www.xabar.uz. Xabar.uz. Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.
  13. 13,0 13,1 „Shoir va yozuvchi Akrom Malik “Ilhom” mukofoti respublika tanlovida g‘olib bo‘ldi. U Spark bilan taqdirlandi“. https://daryo.uz. Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.
  14. „Navoiyshunos va adib Akrom Malik «Ilhom» mukofoti tanlovida g‘olib bo‘ldi. U «Spark» bilan taqdirlandi“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.
  15. „Akrom Malik "Spark"li bo‘ldi“. https://aniq.uz. Aniq.uz. Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.