Belostok
Belostok, Byalistok — Polshaning shim.sharqidagi shahar, Belostok voyevodaligining maʼmuriy markazi. Byala daryosi sohilida. Aholisi 260 ming kishi (1990). Temir yoʻl tuguni. 19-asr 30yillaridan toʻqimachilik sanoati bilan mashhur, asosan jun gazlama ishlab chiqariladi. Yirik ip gazlama kombinati qurilgan. Aniq mashinasozlik, yogʻochsozlik, oziq-ovqat, keramika sanoati korxonalari, med. instituti va boshqa oliy oʻquv yurtlari bor. 17 — 18-asrlar meʼmoriy yodgorliklardan Branitskiy saroyi (1691 — 97) saqlangan. Gotika ratushasi (1745 — 46) va boshqa bor. Shaharga 1320-yilda asos solingan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |