Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                

Columbo - Richard Levinson va William Link tomonidan yaratilgan Amerika detektiv teleseriali. Ilk namoyishi 1968-yilda boʻlib oʻtgan; 1971—1978-yillarda muntazam ravishda suratga olingan (69 epizoddan 44 tasi), tanaffusdan soʻng 1989—2003-yillar davot ettirilgan.

Columbo
Fayl:Columbo Peter Falk 1973.jpg
Turi detektiv, kriminal drama
Muallif(lar) Richard Levinson, William Link
Rollarda Peter Falk
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Qismlar soni 69
Ishlab chiqarish
Prodyuser(lar) Richard Levinson, William Link
Qism davomiyligi 73-98 daqiqa
Efirga uzatilishi
Telekanal NBC, ABC
Translyatsiya davri 20-fevral 1968-yil30-yanvar 2003-yil

Los Angeles politsiyasi qotillik boʻlimining tergovchisi leytenant Kolomboning rolini aktyor Peter Falk ijro etgan.

Serial gʻoyasi

tahrir

Serialning bosh qahramoni, Los-Anjeles politsiyasining qotillik boʻlimi xodimi leytenant Kolombo oʻz davri uchun juda noodatiy politsiya tergovchisi obraziga ega edi. Oʻsha davrda keng tarqalgan shafqatsiz yoki oʻta aqlli detektiv qahramonlardan farqli oʻlaroq, Kolombo oddiy va hatto biroz begʻubor koʻrinishga ega, juda sodda, garchi doim odobli boʻlsa ham, umuman olganda, yuqori toifali detektiv emas, balki ishchi kasb egasiga oʻxshardi. Kolombo qiyofasi juda muvaffaqiyatli boʻlib chiqdi va darhol tomoshabinlar eʼtiborini tortdi.

Serialdagi jinoyatchilar deyarli faqat aqlli, hurmatli va nufuzli odamlar, nufuzli kasblar va yuqori jamiyat vakillari: muvaffaqiyatli yuristlar va shifokorlar, arxitektorlar, biznesmenlar, siyosatchilar, generallar, yozuvchilar, shoumenlar. Kolombo, oʻzining kamtarona gʻijim yomgʻir paltosida, eski, tez-tez buzilib turadigan mashinasidada, oʻzgarmas arzon sigarasi bilan qimmatbaho kostyumlardagi raqiblari bilan keskin farq qiladi. U unchalik aqlli emasdek koʻrinadi, doyim beoʻxshov boʻlishga harakat qiladi. Vaholanki, bu obraz ortida oʻtkir aql, mushohada, matonat va psixologiyani chuqur bilishi yotadi. Deyarli har doim Kolombo qotil kimligini birinchi uchrashuvdan sezilmaydigan tafsilotlarga koʻra aniqlaydi. Kolomboning tergov usuli - mayda detallargacha sinchikovlik bilan eʼtibor qaratish orqali jinoyatning tasvirini shakllantirishdir.

Yaratilish tarixi

tahrir
 
Peter Falk, Richard Kiley, Colombo 1974

Avvaliga Peter Falk serialda suratga tushishdan bosh tortdi. U tez-tez televizorda paydo boʻlar va serialdagi advokat yoki politsiyachi obraziga qaram boʻlishni istamas edi. Ammo produserlar bilan uzoq davom etgan muzokaralardan soʻng, Folk 1968-yilda chiqarilgan "Qotillik uchun retsept" nomli ilk sonda rol oʻynashga rozi boʻldi. Ilk taqdimot juda muvaffaqiyatli boʻldi va Kolomboning birinchi epizodlarini suratga olishga tayyorgarlik boshlandi, ammo ular faqat 1971-yilda chiqarilgan. "Kolombo" politsiya detektivi haqidagi oʻsha davrdagi boshqa seriallardan farqi shundaki, uning bosh qahramoni oddiy odam, qotillik boʻlimining tergovchisiga oʻxshamaydi, keng kostyumlar kiyadi, xotini haqida qaygʻuradi va it boqadi.

Produserlar tomoshabinlar murakkab, ammo sekin harakatlanuvchi syujetdan zerikib qolishidan xavotirda edilar va bir necha bor zoʻravonlik bilan bogʻliq elementlarni kiritishga harakat qilishgan. Ammo Falk bu qarorni qatʼiyan rad etdi.

Folk boshqa aktyorlaridan toʻgʻri mashq qilish uchun koʻproq vaqt talab qilishi bilan bilan ajralib turardi. U ssenariy mualliflari va produserlar oldiga qoʻygan yuksak talablari bilan yodda qoldi. William Link'ning eslashicha: «Peter huddi tikandek edi. Bahslashishdan charchaganimiz uchun biz unga bu qanchalik qiyinligini isbotlash uchun oʻz ssenariysini yozishga ruxsat berdik”. Richard Levinson suratga olish rejalashtirilgan oʻn ikki kun emas, balki oʻn uch yoki oʻn toʻrt kun davom etganini eslaydi: "U bizni bu film uchun ancha yaxshi boʻlishiga ishontirdi".

Ssenariy mualliflarining ishidan qoniqmagan Folk 1977-yilda loyihani tark etdi. 1989-yilda qaytib kelgan Folk har bir epizod uchun 600 000 dollardan koʻp haq evaziga ishlashini bildirdi. "Gap pulda emas, tamoyilda", deydi aktyor. "Men ular oʻz ishimga jiddiy yondoshishim va bu ish eng yuqori darajada boʻlishi kerakligini bilishlarini istayman."[1]

Mukofotlar

tahrir
Yil Mukofot Kategoriya Laureat Natija
1972 «Oltin globus»[2] Dramatik serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun Peter Falk nomzod
1973 gʻolib
1974 Eng yaxshi dramatik serial nomzod
Dramatik serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun Peter Falk nomzod
1975 Eng yaxshi dramatik serial nomzod
Dramatik serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun Peter Falk nomzod
1976 Eng yaxshi dramatik serial {nomzod
Dramatik serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun Peter Falk nomzod
1977 «Emmy» Dramatik serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun Peter Falk nomzod
1978 Eng yaxshi dramatik serial nomzod
Dramatik serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun Peter Falk nomzod
Serail uchun eng yaxshi musiqa nomzod
Teleserialning eng yaxshi montaji uchun nomzod
«Oltin globus» Eng yaxshi dramatik serial nomzod
Dramatik serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun Peter Falk nomzod
1990 «Emmy» Dramatik serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun Peter Falk nomzod
Dramatik serialga taklif qilingan eng yaxshi erkak Patrick Joseph McGoohan («Qotillik ssenariysi» epizodi) gʻolib
1991 «Oltin globus» Dramatik serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun Peter Falk nomzod
«Emmy» Dramatik serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun Peter Falk nomzod
Dramatik serialga taklif qilingan eng yaxshi erkak Dabney Wharton Coleman («Kolombo va rok yulduzning oʻlimi» epizodi) nomzod
1992 «Oltin globus» Kichik serial yoki telefilmdagi eng yaxshi erkak roli uchun Peter Falk («Kolombo va rok yulduzning oʻlimi» epizodi) nomzod
1994 «Emmy» Dramatik serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun Peter Falk nomzod

Manbalar

tahrir
  1. Nick Allen.. „Peter Falk“ (inglizcha). // The Telegraph (24-iyun 2011-yil). 23-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-dekabr 2015-yil.
  2. „Columbo“ (inglizcha). // Golden Globe Awards. 4-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyun 2020-yil.