Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                

Donald Arthur Glaser (1926.21.9, Klivlend) — amerikalik fizik. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1962-yildan). Keys texnologiya institutini tamomlagan (1946). Ilmiy ishlari elementar zarralar fizikasiga, kosmik nurlar fizikasiga, molekulyar biologiyaga va fizik usullarni qoʻllashga bagʻishlangan. Zaryadlangan zarralar izini kuzatish uchun — pufak kamerani ixtiro qilgan (1952). Nobel mukofoti laureati (1960)[1][2]

Donald Arthur Glaser

Manbalar

tahrir
  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. "GLEZER (Glaser) Donald Artur" OʻzME. G-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil