Hokim
Hokim – Oʻzbekiston Respublikasida viloyat, tuman, shaharda oliy mansabdor shaxs. Mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi[1].
Etimologiyasi
tahrirHokim soʻzi arab tilidan ,,ﻢﮑﺣ", ,,حاكم" – soʻzidan olingan boʻlib, hukm, farmon beruvchi maʼnolarini anglatadi. Tarixda hukmdor, hokim yoki qozi degan maʼnolarni anglatgan. Hukmdor tomonidan maʼlum viloyat yoki shahar rahbarligi topshirilgan lavozim. Iskandar Maqduniy zamonida mahalliy aholi vakillaridan Artaboz – Baqtriyada, Oksiart va Xoriyen – Soʻgʻdiyona hududlarida hokimlik qilganlar. Amir Temur va temuriylar davrida davlat boshqaruvi oliy darajadagi amaldorlardan tashkil topgan markaziy boshqaruv va viloyat hokimlari qoʻlidagi mahalliy boshqaruvdan iborat boʻlgan. Hokimlar mamlakatning amaldagi haqiqiy egalari edilar. Oʻrta Osiyo xonliklarida muayyan bir shahar va uning atrofidagi qishloqlar ustidan rahbarlikni amalga oshirish uchun belgilab qoʻyilgan amaldorlar hokim deb atalgan. Baʼzan koʻpgina unvonlarda boʻlgani kabi, u shaxslar ismlarining bir qismi sifatida ham uchraydi.
Aksar arab mamlakatlarida hokim atamasi hukmdorlarning unvoni boʻlsa, Indoneziya, Malayziya va Turkiyada hakim soʻzi sudyani bildirgan. Qozogʻistonda äkim atamasi mahalliy darajadagi hokimlar yoki mamlakat ichidagi viloyatlar hokimlarini tavsiflash uchun ishlatiladi.
Oʻzbekistonda hokimlik
tahrirOʻzbekistonda hokim atamasi viloyat hokimi yoki hokimini ifodalash uchun qoʻllanadi. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq Oʻzbekistonda mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini kuchaytirish maqsadida hokim lavozimi taʼsis etildi. Hokim lavozimining joriy etilishi oʻzbek milliy davlatchiligi anʼanalari va tarixiy tajribalarga asoslangandir. ,,Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish toʻgʻrisida" Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan qonun (1992-yil 4-yanvar) hokim va hokimlik tuzilmasining asosiy vazifalarini belgilab berdi.
Manbalar
tahrir- ↑ O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2000.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |