Jen Sincero
Jen Sincero (1965-yil 7-avgustda tugʻilgan) – New York Times gazetasi maʼlumotlariga koʻra bestseller motivatsion asarlar muallifi, maʼruzachi va biznes murabbiyi[1].
Jen Sincero | |
---|---|
Sincero 2022-yilda | |
Tavalludi |
7-avgust 1965-yil |
Fuqaroligi | AQSh |
Veb-sayti | jensincero.com |
Hayoti
tahrirJen Sincero 1965-yil 7-avgustda Nyu-Yorkning Vestchester shahrida tugʻilgan. Italiyalik shifokor Domenico Sincero va Susan Sincerolarning qizi. U dastlab Briarcliff oʻrta maktabida va keyinchalik Kolorado kollejida oʻqigan. U yerda 1987-yilda ingliz tili boʻyicha bakalavr darajasini olgan[2]. Sincero 1990-yillarda CBS/Epic Records kompaniyasining marketing boʻlimida ishlagan va shu vaqt ichida u oʻzining „Crotch“ nomli birinchi guruhiga asos solgan[3]. Sinsero 1996-yilda Nyu-Meksiko shtatining Alburquerque shahriga koʻchib oʻtgan.
Karyerasi
tahrir2000-yilda Sincero Los-Anjelesga (Kaliforniya)ga koʻchib oʻtdi va mustaqil ijod qila boshladi. Uning 2003-yilda MTV Books nashriyoti orqali chiqargan „Donʼt Sleep With Your Drummer“ nomli kitobi rok guruhi haqidagi yarim avtobiografik roman hisoblanadi. 2005-yilda Simon & Schuster nashriyoti tomonidan chop etilgan „The Straight Girl’s Guide to Sleeping With Chicks“ ikkinchi kitobi esa milliy bestsellerga aylandi.
2008-yilda Sincero „Ladies Who Launch“ nomli ayollar tadbirkorlik tashkiloti uchun biznesni rivojlantirish haqida seminarlar oʻtkazdi.
Uning uchinchi kitobi You Are A Badass: How to Stop Doubting Your Greatness and Start Living an Awesome Life esa 2013-yilda Running Press nashriyoti tomonidan chop etilib, 5 milliondan ortiq nusxada sotilgan. Asar The New York Times bestselleriga aylanib, 40 dan ortiq tillarga tarjima qilingan.
Mukofotlari
tahrir2014-yilda Sinceroning „You Are a Badass“ nomli hikoyasi unga Amerika audio nashriyotlari assotsiatsiasi tomonidan audiokitoblar uchun beriladigan Audie mukofotini keltirdi[4].
2015-yilda „You Are a Badass“ New York Times bestselleriga aylandi va besh yildan ortiq vaqt davomida New York Times bestsellerlari roʻyxatida dastlabki oʻntalikda turdi[5][6][7].
Uning „Badass Habits“ asari 2022-yilda shaxsiy rivojlanish boʻyicha Audie mukofotining nominanti boʻldi[8].
Asarlar
tahrir- 2003-yil – Donʼt Sleep With Your Drummer (MTV Books) – ISBN 0743453913
- 2005-yil – The Straight Girl’s Guide to Sleeping With Chicks (Simon & Schuster) – ISBN 0743258533
- 2013-yil – You Are A Badass: How to Stop Doubting Your Greatness and Start Living an Awesome Life (Running Press) – ISBN 9780762447695
- 2017-yil – You Are a Badass at Making Money: Master the Mindset of Wealth (Viking) – ISBN 0735223130
- 2018-yil – You Are a Badass Everyday: How to Keep Your Motivation Strong, Your Vibe High, and Your Quest for Transformation Unstoppable (Viking) – ISBN 0525561641
- 2020-yil – Badass Habits: Cultivate the Awareness, Boundaries, and Daily Upgrades You Need to Make Them Stick (Penguin Life) – ISBN 1984877437
Manbalar
tahrir- ↑ Elkins, Kathleen. „How No. 1 New York Times best-selling author Jen Sincero went from $28,000 a year to 'making seven figures'“. CNBC (2018-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 29-aprel.
- ↑ Grant ’92, Katie „The Road to Writing Is Not Always Paved“ (en-US). Bulletin (2018-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 28-noyabr.
- ↑ Field, Hayden. „From Totally Broke to Multimillionaire: How Jen Sincero Pivoted from Rock Star to Bestselling Self-Help Author and Success Coach“. Entrepreneur (2018-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 30-aprel.
- ↑ „2014 Audie Awards® - APA“. www.audiopub.org. 2021-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-noyabr.
- ↑ „Advice, How-To & Miscellaneous Books - Best Sellers - Books - Aug. 2, 2015 - the New York Times“.
- ↑ „Advice, How-To & Miscellaneous Books - Best Sellers - Books - Aug. 14, 2016 - the New York Times“.
- ↑ „Advice, How-To & Miscellaneous Books - Best Sellers - Books - July 17, 2022 - the New York Times“.
- ↑ „2022 Audie Awards® - APA (en-US)“. www.audiopub.org. 2022-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.