Kriofillar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kriofillar (yun. kryos — sovuq, muz va ... fil) — turgʻun past haroratda yashovchi organizmlar. K. ga jan. va shim. qutb dengizlarida (ignaterililar, baliqlar, mollyuskalar), sovuq suvli daryo va soylarda (gulmoyi baliq, ayrim planariyalar va boshqalar), shuningdek, shim. kengliklar va baland togʻlarda hayot kechiradigan hayvonlar kiradi. Koʻpchilik K., odatda, harorat kam oʻzgarishiga moslashgan (stenotermlar) boʻladi. Masalan, bir qancha igvaterililar (ilondumlilar, dengiz koʻzachalari)ga suv haroratining G dan yuqori koʻtarilishi qaloqatli taʼsir etadi. Harorat koʻtarilganida sovuq suvlarda yashovchi ayrim baliqlarning harakatlanishi va oziqlanish intensivligi pasayadi. Kriofillik harorat koʻtarilgan sayin suvda eriydigan kislorod miqdorining kamayib borishi bilan bogʻliq. Arktika dengizlarida yashovchi ayrim baliqlar qonida suyuqlikning muzlash nuqtasini pasaytiruvchi moddalar (biologik antifrizlar) boʻladi. K.ga erigan qor suvlari, muz va qor ustida yashaydigan organizmlar (bir hujayrali suvoʻtlar, krioplankton, ayrim chuvalchanglar, hasharotlar) ham kiradi. K. suvoʻtlarning tez koʻpayishi, muz yoki qor rangining oʻzgarishiga sabab boʻladi. Kriofil oʻsimliklar k r io f i t l a r deb ataladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |