Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                

Mazmun va shakl - falsafiy tushunchalar. Mazmun narsalarni aynan shu narsa sifatida ifodalovchi muhim element va oʻzgarishlarning yigʻindisidir. Shakl mazmunning mavjudlik usulini, ichki tuzilishini ifodalaydi. Obyektiv olamda narsa va hodisalarga oid boʻlmagan sof mazmun ham. sof shakl ham yoʻq. Muayyan mazmun hamisha muayyan shaklda ifodalanganidek, muayyan mazmunga egadir. Borliqdagi har bir narsa oʻzining mazmuni va shakl birligi tufayli mavjud. Mazmun oʻz mohiyatiga kura, shaklga nisbatan yetakchi oʻrin tutadi. Shakl esa, aksincha, mazmunni ifodalaydi. Shakl mazmunga mos kelishi lozim, mos kelmasa ular (aniqrogʻi shakl bilan yangi mazmun) oʻrtasida ziddiyat paydo boʻladi, bu ziddiyat eski shaklni yangi mazmunga mos yangi shakl bilan almashish (yoki eski shaklni yangi mazmunga moslash) orqali hal qilinadi.

Sanʼat, adabiyotda mazmun va shakl badiiy asarning bir-birini taqozo etuvchi ikki tomoni boʻlib, bunda uning mazmuni muhim hisoblanadi. Badiiy asarning shakliy (uslub, janr, kompozitsiya, badiiy nutq, ritm), mazmuniy (mavzu, fabula, konflikt, harakterlar va sharoit, badiiy gʻoya, tendensiya) yoki shakliy-mazmuniy (syujet) harakterdagi ayrim tomonlari, unsurlari M. va shahrining yagona, bir butun real koʻrinishi sifatida namoyon boʻladi. Adabiyotda M. va shakl tushunchalari 18—19-asr boshlaridagina bir-biridan farqlana boshladi. Lekin badiiy adabiyotga xos M. va shaklning oʻziga xos birligi bu ikki tomonni bir-biridan ajratgan xrlda oʻrganib boʻlmasligini koʻrsatadi. Chunki adabiy asarning mazmuni, mohiyati uning shakli orqaligina yuzaga chiqadi. Shuningdek, maz-mundan uzoqlashgan shakl nutqning oddiy fakti, tilshunoslik, statistika yoki mantiqobʼyektiga aylanadi. Mazmunning shaklga (yoki aksincha) oʻtish qollari falsafada qam, adabiyot va sanʼatda ham roʻy beradi. Hozirgi adabiyotda umumiy shakl boʻlib koʻringan jiqatlar qachondir mazmun boʻlgan. Janrning oʻziga xos xususiyatlarini belgilaydigan koʻpgina tomonlar dastlab shakl holatida emas, balki mazmunga aloqador boʻlib koʻringan. Ular bir necha asarda, bir necha yozuvchi ijodida takrorlanaverib, qatʼiylashgandan keyingina shakliy hodisaga aylangan. Mas, novellalarga xos syujet, ixchamlik, loʻndalik va boshqa dastlab janr belgilari sifatida emas, balki shakliy belgilardan kengroq, mazmundan ajralmaydigan xususiyatlar koʻrinishida namoyon boʻlgan. Bokkachchoning "Dekameron" asari yaratilganidan keyingina novella janriy shakl sifatida tan olindi. Shakl mazmunga tobe boʻlgani holda, oʻzi ham nisbatan mustaqillik xususiyatiga ega. Bu nisbiy mustaqillik, badiiy asarning shakli no-mukammal boʻlganda, ayniqsa, seziladi. Bunda asarning mazmuniga putur yetadi, mazmun yorqinligi vataʼsirchanligini yoʻqotadi. Chinakam sanʼat asarida M. va shahrining birligi, yaxlitligi talab qilinali.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil