Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                

Burji Milod (forscha: برج میلاد — Borj-e Milâd) — Eron poytaxti Tehron shahrida joylashgan teleminora[1][2]. Balandligi asosidan to antenna uchiga qadar 435 metrni tashkil etadi va ushbu koʻrsatkich bilan Erondagi eng baland inshoot hisoblanadi. Minora tepasiga yaqin joyida ulkan kapsulasimon 12 qavatli bino mavjud. Minoradagi bino tepasi 215 metr balandlikda joylashgan.

Burji Milod teleminorasi qurilishi 1996-yilda boshlanib, 2007-yilda tugatilgan. Minora qurish rejasi Tehron munitsipaliteti soʻrovi tomonidan boshlangan. Minora meʼmori — mashhur Eronlik arxitektor Muhammad Rizo Hofiziy hisoblanadi. Minora qurilishiga masʼul shirkat esa „Yadman Sazeh“ kompaniyasi hisoblanadi. Teleminorada uchta lift shaxtasi mavjud boʻlib, unda oltita lift qatnaydi. Minora asosi sakkizburchak shaklida qurilgan boʻlib, anʼanaviy fors memorchiligi uslubida bajarilgan. Minoraning 276-metridagi balandligida aylanovchi restoran mavjud. Shuningdek teleminorada televideniye, radio, telekommunikatsiyalar va meteostansiyalar faoliyatiga bogʻliq turli infratuzilmalar va qurilmalar mavjud. Teleminora radiomachtasi uzunligi 120 metr boʻlib, poʻlat metaldan yasalgan hisoblanadi[1][2].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir