Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                

Nabi“ yoki „nabidlar “ – 18901905-yillarda Parijda ijod qilgan rassomlar guruhi; P. Seryuzye, M. Deni, K. Russel, P. Bonnar, E. Vyuyyar, A. Mayol va boshqa P. Gogen va Pont-Avene maktabi taʼsirida boʻlgan Nabilar „modern“ uslubining oʻziga xos turini yaratdilar. Ularning ijodiga adabiy simvolizmga yaqinlik, rangning hukmronligi, shaklning umumlashma bezagi, mayin musiqiy ritm, fransuz sanʼati, yapon gravyurasi va italyan primitivini uslublashtirish xos. Seryuzye, Deni, Russel asarlariga diniy mistik kayfiyat xos boʻlsa, Bonnar, Vyuyyar va boshqalarning asarlari nozik lirik obraz qurilishi bilan ajralib turadi. Nabilar mahobatli rangtasvir, grafika, amaliy bezak sanʼatiga murojaat qildilar (gilam, vitraj, mebel uchun eskizlar).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil