Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                

Ochilboy Ramatov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari

Ramatov Ochilboy Jumaniyozovich (oʻzbekcha: Раматов Ачилбай Джуманиязович; 21.08.1962, Xorazm viloyati) — oʻzbekistonlik muhandis va davlat arbobi. 2016-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, 2019—2020-yillarda Transport vaziri, 2002—2019-yillarda „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ davlat kompaniyasining boshqaruv raisi[2], 2015—2020-yillarda Oliy Majlis Senatining aʼzosi, 2012-yildan hozirgacha Oʻzbekiston boks federatsiyasi prezidenti. 2018—2019-yillarda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti boʻlgan[3].

Ramatov Ochilboy Jumaniyozovich
Раматов Ачилбай Жуманиязович

2019
 Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri
 
Mansab davri
2019-yil 1-fevraldan – 2020-yil 22-yanvargacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim ta'sis etilgan
Vorisi Elyor Gʻaniyev
 Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti
 
Mansab davri
2018-yil 23-yanvardan – 2019-yil 15-iyulgacha
Oʻtmishdoshi Umid Ahmadjonov
Vorisi Abdusalom Azizov
 Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari
 
Mansab davri
2016-yil 20-dekabr
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Rustam Azimov
Vorisi hozirgacha
 Oʻzbekiston boks federatsiyasi prezidenti
 
Mansab davri
2012-yil – hozirgacha
Oʻtmishdoshi Gʻofur Rahimov
 Oʻzbekiston temir yoʻllari boshqaruv raisi
 
Mansab davri
2002-yildan – 2019-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Normat Ermetov
Vorisi Husniddin Hosilov[1]
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-avgust 1962-yil (1962-08-20) (62 yosh)
Xorazm, OʻzSSR
Mukofotlari Oʻzbekiston Qahramoni
Mehnat shuhrati ordeni

Biografiyasi

tahrir

1962-yil 21-avgustda Xorazm viloyatining Shovot tumanida tugʻilgan[4]. Millati — oʻzbek.[5]

Taʼlim

tahrir

1984-yildan 1988-yilgacha Toshkent temir yoʻl muhandislari institutida tahsil olgan.

Mehnat faoliyati

tahrir

1980-yildan 1984-yilgacha Urganch lokomotiv deposida mashinist yordamchisi lavozimidan mehnat faoliyatini boshlagan. 1988-yildan 1995-yilgacha Toshkent teplovozlarni taʼmirlash zavodining ustasi, teplovoz sexi boshligʻi oʻrinbosari va vagon taʼmirlash sexi boshligʻi, 1995-yildan 2001-yilgacha „Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir“ UK bosh direktori, 2001-yildan 2002-yilgacha „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ning bosh bosh muhandisi sifatida ishlagan.

2002-yildan 2019-yilgacha „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ning boshqaruv raisi, 2018—2019-yillarda — Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti vazifalarida ishlagan.

2012-yildan buyon — Oʻzbekiston boks federatsiyasi prezidenti, 2016-yildan buyon — Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — kommunal soha, qurilish, transport majmuasi rahbari vazifalarida ishlab kelmoqda.

1999—2004-yillarda Oliy Majlis deputati, 2015—2020-yillarda Oliy Majlis Senati aʼzosi boʻlgan.

2019—2020-yillarda Oʻzbekiston transport vaziri vazifasini ham bajargan[6].

Mukofotlari

tahrir

2000-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi“ davlat unvoni bilan taqdirlandi.

2007-yil avgust oyida Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlandi.

2011-yil avgust oyida El-yurt hurmati ordeni bilan taqdirlandi.

2013-yilda „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni berildi.

2013-yilda Latviya davlati tomonidan Eʼtirof xochi ordeni bilan taqdirlandi[7].

2015-yilda Rossiya Federatsiyasining "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlandi[8].

2022-yil 21-avgustda 60 yillik yubileyi munosabati bilan Mehnat shuhrati ordeni berilgan[9].

Manbalar

tahrir
  1. „Очилбой Раматов «Ўзбекистон темир йўллари» раислигидан кетди. Унинг ўрнига янги раҳбар тайинланди“. kun.uz.
  2. BOSHQARUV, 2017-04-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-04-11
  3. „7 жойдан маош оладиган Раматов навбатдаги лавозимида текинга ишлайди“. kun.uz.
  4. „Oʻzbekiston Qahramoni Achilbay Ramatov 59 yoshda!“ (2021-yil 20-avgust). Qaraldi: 2022-yil 18-avgust.
  5. „ВИДЕО. "Локомотив" Ачилбай Раматовни табриклайди“. championat.asia.
  6. „Очилбой Раматов лавозимини сақлаб қолди ва унга янги вазирлик раҳбарлиги топширилди“. kun.uz.
  7. Par Atzinības krusta piešķiršanu un apbalvošanu ar goda zīmi
  8. „Указ Президента Российской Федерации от 15.11.2012 № 1546 ∙ Официальное опубликование правовых актов ∙ Официальный интернет-портал правовой информации“. publication.pravo.gov.ru.
  9. Ochilboy Ramatov „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlandi