Solik
Solik (arab. — yoʻlchi, yoʻldan yuruvchi) — tasavvufda suluk — tariqatni ixtiyor qilib, uni oʻzlashtirish harakatiga tushgan, lekin hali biror maqom yoki martabaga erishmagan murid. S. oʻziga xos odob qoidalariga rioya etsagina, tariqat axli sirasiga kiradi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |