Tove Jansson
Tove Marika Jansson — 1914-yil 9-avgust — 2001-yil 27-iyun) shved tilida soʻzlashuvchi fin yozuvchisi, romannavis, rassom, illyustrator va komikslar muallifi. Sanʼatkor ota-onalar tarbiyasini olgan Jansson 1930-yildan 1938-yilgacha Stokgolm, Xelsinki va Parijda sanʼat sohasida tahsil olgan. Uning ilk shaxsiy koʻrgazmasi 1943-yilda boʻlib oʻtdi. Bundan tashqarii, Tove koʻplab nashrlar uchun hikoya va maqolalar yozgan, shuningdek, kitob muqovalari va boshqa maqsadlar uchun grafik ijod namunalarini yaratgan. Adiba umrining oxiriga qadar rassom va yozuvchi sifatida faoliyatini davom ettirdi.
Tove Jansson | |
---|---|
Tavalludi |
9-avgust 1914-yil |
Vafoti |
2001-yil 27-iyun Xelsinki, Finlandiya |
Ijod qilgan tillari | Shved tili[1] va Fin tili |
Fuqaroligi | Finlandiya , |
Yoʻnalish | impressionizm, nodernizm |
Janr | nasr |
Mukofotlari | Hans Kristian Andersen mukofoti |
Veb-sayti | |
www.tovejansson.com |
Jansson 1945-yilda "Muminlar va Buyuk Toʻfon" asaridan boshlab bolalar uchun Muminlar turkumidagi kitoblarni yozishga kirishgan. 1946 va 1948-yillarda nashr etilgan keyingi ikkita kitob — Muminlandiyadagi kometa va Mumintroll Fin oilasi birinchi kitob bilan birga misli koʻrilmagan darajada sotildi. Bolalar yozuvchisi sifatidagi faoliyati uchun Tove 1966-yilda Hans Kristian Andersen medali bilan taqdirlandi. Muminlar asari dastlab Janssonning oʻzi tomonidan komikslar seriyasi yaratilishiga turtki boʻldi. 2016-yilda Tove Jansson nomi Uill Eysner mukofoti shon-sharaf zaliga kiritildi .
1968-yilda yozilgan yarim avtobiografik xarakterdagi Bildhuggarens dotter (Haykaltaroshning qizi) asari bilan oʻz ijodini boshlagan Jansson oltita roman yozdi; koʻpchilik sevgan[2] Sommarboken (Yoz kitobi) va besh tomli kattalar uchun hikoyalar toʻplami shular jumlasidandir.
Yoshlik
tahrirTove Jansson oʻsha paytda Rossiya Imperiyasiga qaram boʻlgan Finlandiya gersogligining Helsinki shahrida tugʻilgan. U Finlandiyadagi kam sonli Shved tilli qatlamiga mansub sanʼatkorlar oiladan boʻlib, otasi Viktor Jansson haykaltarosh, onasi Signe Hammarsten-Jansson esa Shvetsiyada tugʻilgan grafik dizayner va illustrator edi. Tovening tugʻishganlari ham sanʼat yoʻlidan ketishdi: Per Olov Jansson fotograf boʻldi, Lars Jansson esa yozuvchi va multiplikator sifatida faoliyat olib bordi.
Jansson Läroverket för gossar och flickor Xelsinkida, soʻngra 1930—1933-yillarda Stokgolmdagi Sanʼat, hunarmandchilik va dizayn universiteti kollejida, 1933—1937-yillarda Finlandiya Tasviriy sanʼat akademiyasining grafika maktabida va nihoyat 1938-yil ParijdagiL'École d'Adrien Holy va L'École des Beaux-Artsda tahsil olgan. U 1930-yillar oxiri va 1940-yillarning boshlaridagi koʻrgazmalarda bir qator sanʼat asarlarini namoyish etdi, birinchi shaxsiy koʻrgazmasi 1943-yilda boʻlib oʻtdi.
14 yoshida Jansson oʻzining Sara och Pelle och näckens bläckfiskar (Sara, Pelle va Neptun bolalari) nomli ilk rasmli kitobini yozib, rasmlar bilan boyitadi[3]. Asar 1933-yilgacha hech qayerda chop etilmagan. Shuningdek, u 1920-yillarda jurnallarda chop etish uchun rasmlar chizib sotadi[4].
Asarlari
tahrirMuminlar
tahrirJansson asosan Muminlar seriyasidagi kitoblarining muallifi sifatida shuhrat qozongan. Jansson oʻz tasavvuri mahsuli sifatida oq, yumaloq va silliq koʻrinishga ega, katta tumshugʻlari begemotlargni eslatadigan Muminlar oilasini yaratdi.
Muminlarning birinchi kitobi "Muminlar va Buyuk Toʻfon" 1945-yilda yozilgan. Bosh qahramonlar Moominmamma va Moomintroll hisoblansa-da, keyingi hikoyalarning asosiy qahramonlari faqat keyingi kitobda tanishtiriladi, shuning uchun "Muminlar va Buyuk Toʻfon" seriyaning birinchi qismi hisoblanadi. Dastlab kitob muvaffaqiyatga erishmadi, lekin Mumin seriyasining keyingi ikki qismi, Muminlandiyadagi kometa (1946) va Fin oilasi Mumintroll (1948) Janssonga shon-shuhrat keltirdi.
Muminlar haqidagi romanlar va hikoyalardan tashqari, Tove Yansson quyidagi toʻrtta mashhur rasmli kitob yaratdi: Mumin, Mymble va jajji My haqida kitob (1952), Tofflega kim tasalli beradi? (1960), Xavfli sayohat (1977) va Chaqirilmagan mehmon (1980). Muminlarning shon-shuhratlari oshgani sayin, ikki roman - Muminlandiyadagi kometa va Muminpappa ekspluatatsiyasi muallif tomonidan qayta tahrirlanib, nashr etildi.
„Garm“ jurnalida urush davridagi satirik faoliyati
tahrirTove Yansson 1930-yillardan 1953-yilgacha shved tilidagi „Garm“ satirik jurnalida illyustrator va karikaturachi sifatida mehnat qilgan[6]. Uning siyosiy karikaturalaridan biri qisqa fursat ichida xalqaro shuhrat qozondi: u Adolf Gitlerni taglik kiygan yigʻloqi chaqaloq sifatida tasvirlaydi, Nevill Chemberlen va Yevropaning boshqa buyuk rahbarlari chaqaloqqa Avstriya, Polsha, Chexoslovakiya ramzi boʻlmish tort boʻlaklarini berib tinchlantirishga harakat qildilar. Ikkinchi Jahon urushida, Finlandiya bir muddat Sovet Ittifoqiga qarshi kurashgan, fashistlar Germaniyasi bilan hamkorlik qilgan paytda, uning Garm uchun chizgan muqova rasmlarida Gitler va Iosif Stalin ham tanqid ostiga olinadi.
Komikslar chizuvchi rassom
tahrirJansson, shuningdek, bu davrda Julen va Lucifer kabi rojdestvo jurnallari uchun (xuddi onasi kabi) illyustratsiyalar yaratdi va bir nechta kichik ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qildi. Uning birinchi komikslari ishlab chiqarishlar, jumladan Lunkentus, Vårbrodd va Allas Krönika kabi fabrikalar uchun yaratilgan edi.[7]
Rassom va illyustrator
tahrirGarchi u birinchi navbatda muallif sifatida tanilgan boʻlsa-da, Tove Yansson oʻzining muallif va rassom sifatidagi faoliyatini bir xil ahamiyatga ega deb hisoblagan. Yoshlikdagi klassik impressionizm uslubini keyingi yillarda mavhum modernizmga almashtirgan rassom butun umri davomida suratlar chizdi. Jansson 1930-yillar oxiri va 1940-yillarning boshlaridagi koʻrgazmalarda bir qator sanʼat asarlarini namoyish etgach, 1943-yilda uning birinchi shaxsiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Ijodiga nisabtan umumiy baholar ijobiyligiga qaramay, tanqid Janssonni oʻz uslubini yaxshilashga undadi, shuning uchun 1955-yildagi shaxsiy koʻrgazmasi uslubi va mazmuni jihatdan koʻplab maqtovlarga erishdi. 1960—1970-yillarda Jansson yana beshta shaxsiy koʻrgazmasini oʻtkazdi[4].
Shaxsiy hayoti
tahrirJanssonning bir necha maʼshuqlari bor edi, jumladan, Muminlar qahramoni Snufkin uchun prototip boʻlgan siyosiy faylasuf Atos Wirtanen ham shular qatorida edi. Biroq, ularning munosabatlari oxir-oqibat 'salbiy tomonga oʻzgardi" va oilali teatr direktori Vivitsa Bandler bilan yashirin sevgi munosabatlarini boshladi[8].
1956-yilda Jansson oʻzining bir umrlik yoʻldoshi Tuulikki Pietilä yoki "Tooti' taxallusi bilan tanilgan ayol bilan uchrashdi. Ular Xelsinkida bir-biriga qoʻshni yashashgan. 1960-yillarda ular Xelsinkidan yuz kilometr uzoqlikda joylkashgan Finlandiya koʻrfazidagi kichikroq orolchada uy qurdirib, yoz oylarini oʻsha yerda oʻtkazishardi[9].
Jansson 2001-yil 27-iyunda 86 yoshida saraton kasalligidan vafot etdi va ota-onasi hamda ukasi Lars kabi Xelsinkidagi Hietaniemi qabristoniga dafn qilindi[10][11][12][13][14].
Mukofotlar
tahrir- Xans Kristian Andersen mukofoti (oltin medal, 1966)[15]
- Davlat adabiyoti mukofoti (1963,1971 va 1982)[16]
- Shvetsiya akademiyasi Finlandiya mukofoti (1972)
- Tabassum ordeni (1975)
- Pro Finlandiya medali (1976)[16]
- Shvetsiya madaniyati fondi faxriy mukofoti (1983)[17]
- Finlandiya madaniyat mukofoti (1990)[17]
- Selma Lagerlöf mukofoti (1992)[17]
- Finlandiya sanʼat mukofoti (1993)[17]
- Mercuri International pronssiomena (1994)[17]
- Shvetsiya Akademiyasi mukofoti (1994)[17]
- Amerika-Skandinaviya fondi faxriy madaniyat mukofoti (1996)[17]
- WSOY adabiyot fondi mukofoti (1999)[17]
- Le Prix de l'Office Chrétien du Livre[17]
- ↑ (unspecified title)
- ↑ Westin, Boel. Tove Jansson - Ord, bild, liv (sv). Albert Bonniers, 2013. ISBN 978-9-51-501672-0.
- ↑ „ArchWay With Words“. ArchWayWithWords.co.uk. 2018-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-sentyabr.
- ↑ 4,0 4,1 Ahola. „Jansson, Tove (1914–2001)“. Biografiakeskus. Suomalaisen Kirjallisuuden Seura (2008). Qaraldi: 2009-yil 4-fevral.
- ↑ McDonagh, Melanie (18 November 2017). „A chance to see the Moomins' creator for the genius she really was: Tove Janssons reviewed“. The Spectator. № November 2017.
- ↑ Ant O’Neill (2017). „Moominvalley Fossils: Translating the Early Comics of Tove Jansson“. Bookbird: A Journal of International Children's Literature. 55-jild, № 2. 52-bet. doi:10.1353/bkb.2017.0023. ISSN 0006-7377.
- ↑ „Comic creator: Tove Jansson“. lambiek.net. Qaraldi: 2014-yil 18-noyabr.
- ↑ Frank. „Meet The Queer, Anti-Fascist Woman Behind The Freakishly Lovable 'Moomins'“ (en). HuffPost (2017-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 7-aprel.
- ↑ Scott, Izabella (May 2018). „The Party“ (PDF). So It Goes. № 11.
- ↑ Prideaux, Sue. „Tove Jansson: Life, Art, Words by Boel Westin – review“. The Guardian (2014-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 18-noyabr.
- ↑ „Famous Deaths for Year 2001 (Part 2)“. HistoryOrb.com. Qaraldi: 2014-yil 18-noyabr.
- ↑ „Hietaniemen hautausmaa – merkittäviä vainajia“. Helsingin seurakuntayhtymä. Qaraldi: 2016-yil 26-avgust.
- ↑ The Life of Tove Jansson, BBC Scotland documentary
- ↑ „Tove Jansson 1914–2001“. BillionGraves Record.
- ↑ „People – Tove Jansson“. thisisFINLAND (2014-yil 11-mart). Qaraldi: 2014-yil 18-noyabr.
- ↑ 16,0 16,1 Liukkonen. „Tove Jansson“. Books and Writers (kirjasto.sci.fi). Kuusankoski Public Library. 2008-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 17,0 17,1 17,2 17,3 17,4 17,5 17,6 17,7 17,8 Engholm. „The Fanzines of Moonin's Mother Tove Jansson - Ahrvid Engholm (Sweden)“. Europa SF (2015-yil 8-mart). 2022-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-iyul.