Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                

Vikigid (viki va gid soʻzlarining birikmasi) (inglizcha: Wikivoyage) koʻngillilar yozadigan, turizm va sayohat mavzulariga bagʻishlangan erkin yoʻlkoʻrsatkichdir. Vikigid Vikipediyaga qardosh loyiha boʻlib, u ham Vikimedia Jamgʻarmasi tomonidan yuritiladi. Vikigidni baʼzan „koʻrsatkichlar Vikipediyasi“ deb atashadi.

Favicon of Wikipedia Vikigid
Vikigid logosi
Web-manzil www.wikivoyage.org
Interwiki voy:
Asosiy boʻlim jami 17 tilda (inglizcha, xitoycha, niderlandcha, fransuzcha, olmoncha, yunoncha, ivritcha, italyancha, forscha, polyakcha, portugalcha, rumincha, ruscha, ispancha, shvedcha, ukraincha, vyetnamcha)
yoʻq
Asos solingan sana 15 yanvar 2013-yil
Litsenziya erkin
Reklama yoʻq

Loyihaning boshlanishi Wikitravelning olmoncha hamda italyancha versiyalari tahrirchilari 2006-yilning sentabr oyida oʻz faoliyatlarini va oʻsha paytdagi materiallarni yangi saytga koʻchirib oʻtishga qaror qilishlariga borib taqaladi. Koʻchib oʻtish Wikitravel saytining litzenziyasiga muvofiq amalga oshirildi. Bunday qilish forking deb nomlanadi. Yangi sayt „Wikivoyage“ nomi ostida 2006-yilning 10-dekabrida ishga tushdi. Loyihaga Wikivoyage e.V. maxsus olmon assotsiatsiyasi yetakchilik va egalik qildi. Yangi saytda materiallar Creative Commons Attribution-ShareAlike litsenziyasi boʻyicha ommalashtirildi.

Oʻz xostidan uzoq payt norozi boʻlib yurgan inglizcha Wikitravel jamiyati 2012-yilda loyihani fork qilishga qaror qildi. Inglizcha Wikitravel jamiyati Wikivoyage bilan birlashdi. Wikivoyagening barcha tillardagi versiyalari uchun Vikimedia Jamgʻarmasi xostlik qila boshladi. Jamgʻarmaning turli jamiyatlari ishtirokida boʻlib oʻtgan muhokamalardan keyin, Wikivoyage sayti 2012-yil dekabrda Vikimedia Jamgʻarmasi serverlariga olib oʻtildi. Wikivoyage 2013 yil 15-yanvarda — Vikipediya ishga tushganining 12 yilligida — Vikimedia loyihasi oʻlaroq rasman ish boshladi.

Havolalar

tahrir