Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Lotin yozuvidan kirill yozuviga oʻgiruvchi konverter

Oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar lotin yozuvida yoziladi. Ammo har qanday maqolani kirill yozuvida oʻqish imkonini yaratish uchun lotin yozuvini kirill yozuviga oʻgiruvchi konverter yaratilgan. Hozir istalgan sahifani lotin yoki kirill yozuvida oʻqish mumkin. Buning uchun xohlagan sahifani ochib tepada joylashgan „oʻzbekcha” degan yerdan kerakli alifboni tanlash kifoya.

Kamchiliklari

tahrir

Konverter 100% toʻgʻri transliteratsiya qilmaydi. Bunga bir necha sabab bor. Birinchidan, lotin yozuvida yozganda koʻpchilik vikifikatordan foydalanib inglizcha apostrofni oʻzbekcha okinalarga aylantirmaydi. Ikkinchidan, qoidalarga istisnolar bor. Masalan, konverter „otsa“ni „отса“, ammo „ratsiya“ni „рация“ qilish kerakligini bilmaydi. Uchinchidan, lotin yozuviga oʻtgandan soʻng oʻzbek tili imlosiga yangi qoidalar kiritildi. Masalan, „цирк“ „sirk“ boʻladi, ammo „эволюция“ „evolutsiya“ boʻladi.

Yaxshi yozilgan va vikifikator bilan tartibga keltirilgan maqolalarni konverter juda yaxshi transliteratsiya qiladi. Masalan, mana bu maqolani koʻring: Usmon Matkarimov nomli 4-gimnaziya-internati.

Lotin yozuvida

Oʻzbek gimnaziyasiQirgʻizistonning Isfana shahrida joylashgan gimnaziya-internat. Gimnaziyaning rasmiy nomi Usmon Matkarimov nomidagi 4-gimnaziya-internatidir (ruscha: Гимназия-интернат №4 имени Усмона Маткаримова; qirgʻizcha: Усмон Маткаримов атындагы №4 гимназия жатак-интернаты). Maktab Isfana kolxozining raisi boʻlib ishlagan va shaharning rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan Usmon Matkarimov nomi bilan ataladi.

Oʻzbek gimnaziyasida oʻqish bepul boʻlib, maktabda 5-dan 11-gacha sinflar bor. Gimnaziyada odatda oʻqishga layoqati yuqoriroq boʻlgan oʻquvchilar tahsil oladi. Maktabning internatida oʻquv yili davomida asosan Laylak tumanida joylashgan qishloqlardan kelgan oʻquvchilar yashaydi. (Davomi...)

Kirill yozuvida

Ўзбек гимназиясиҚирғизистоннинг Исфана шаҳрида жойлашган гимназия-интернат. Гимназиянинг расмий номи Усмон Маткаримов номидаги 4-гимназия-интернатидир (рус. Гимназия-интернат №4 имени Усмона Маткаримова; қирғ. Усмон Маткаримов атындагы №4 гимназия жатак-интернаты). Мактаб Исфана колхозининг раиси бўлиб ишлаган ва шаҳарнинг ривожланишига катта ҳисса қўшган Усмон Маткаримов номи билан аталади.

Ўзбек гимназиясида ўқиш бепул бўлиб, мактабда 5-дан 11-гача синфлар бор. Гимназияда одатда ўқишга лаёқати юқорироқ бўлган ўқувчилар таҳсил олади. Мактабнинг интернатида ўқув йили давомида асосан Лайлак туманида жойлашган қишлоқлардан келган ўқувчилар яшайди. (Давоми...)

Yana qarang

tahrir

Havolalar

tahrir