boqmoq
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
tahrirlashboq-moq
Aytilishi
tahrirlashEtimologiyasi
tahrirlashBOQ- 'diqqat bilan qara-’. Bohha b o h s a n g, bogʻ boʻladi, botmon-dahsar yogʻ boʻladi (Maqol). Qadim-gi turkiy tilda ham shunday maʼnoni va boshqa bir qancha maʼnolarni anglatgan bu feʼl baq- tarzida ta-laffuz qilingan (ПДП, 368; DS, 81), oʻzbek tilida a unlisi â unlisiga almashgan: baq- > bâq-.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
tahrirlashMaʼnosi
tahrirlash1 Nazar tashlamoq, nazar solmoq, qaramoq.◆ Koʻzguga boqmoq. Lashyukning ketishiga boqma, kelishiga boq. Maqol. m ◆ Dengiz suvidek tiniq koʻzlari muloyim va mehr bshshn boqardi. S. Karomatov, Oltin qum.◆ Qora koʻzlari juda shoʻx boqib, jaz etib, bagʻringga botadi. I. Rahim, Ixlos.◆ Qizning atrofga jovdirab turgan koʻzlari xomush yerga boqdi. S. Ahmad, Mehribon.
2 koʻchma Moʻralamoq; koʻrinmoq, namoyon boʻlmoq.◆ Yoʻlchi Shokir otaning doʻkonxonasi eshigini astagina ochib boqdi. Oybek, Tanlangan asarlar.◆ Qorli togʻlar choʻqqisidan boqadi quyosh. Gʻayratiy.◆ Zangori dengizning tiniq qoʻynidan Kumush oy noʼshnib, kulib boqadi. Uygʻun.
3 Fikran nazar tashlamoq, koʻz oldiga keltirmoq, koʻzdan kechirmoq.◆ Oʻziga boqma, soʻziga boq. Maqol. sht◆ Tarixga boqing, ming yil ilgari Xorazmda Beruniy oʻtgan, u juda koʻp kitoblar yozib qoldirgan. J. Sharipov, Xorazm.◆ Siz bshshn zamonning zayliga boq-masak, qiyomat qoyim boʻlajak. S. Siyoyev, Avaz. ◆ Oʻylab boqsam: qalbim mushtdek! Vatan juda keng! Oʻylab boqsam: Vatan va dsh1 bir-biriga teng. Yo. Mirzo, Oʻgʻil mehri.◆ Boqsam, yoʻling oydin ekan, Kel, poyingni oʻpay, oʻgʻlon. B. Boyqobilov, Sharora.
4 Iltifot qilmoq, qoʻllab-quvvatla-moq, hurmat qilmoq.◆ Yaxshi yaxshiga boqar, Yomon daryoga oqar. R. Jumaniyozov, Soʻz koʻrki — maqol.◆ El boqsa, baxting kular, El boq-masa, taxting qular. Maqol. n◆ Boy boyga boqar, suv soyga oqar. Boʻlmaydi. Siz bilan ittifoq boʻlolmaymiz. N. Safarov, Tanlangan asarlar.
5 Tarbiyalab voyaga yetkazmoq, parvarish qilmoq; qarab turmoq.◆ Bola boqmoq. sht ◆ Bittayu bitta oʻgʻsh! Margʻshyun degan joyda, allakisharning qoʻlida, asli nomaʼlum ki-shilarning qiziga ushgansin-da.. oʻgʻil boqib katta qilgan ona — Oʻzbek oyim ikki qoʻlini burniga tiqib qarab qola bersin. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.◆ Xudoyqul mening oʻz jigarim, ammadan qolgan sagʻir. Yetti yoshidan boqib, odam qildim. P. Tursun, Oʻqituvchi.◆ -Uka-larimni boqsa, tegaman, — dedim kampirga. Oybek, Tanlangan asarlar.
6 Oʻz qaramogʻida boʻlganlarni moddiy jihatdan taʼminlamoq; tirikchilik ehti-yojlarini va shu kabilarni qondirib, taʼmin etmoq.◆ Oila boqmoq. shj Yetim nabiralarni ogʻir mehnat bilan ham boqa olmagan bu jafokash chol.. hovlisining qolgan qismini sotishga majbur boʻlgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar.◆ Bahorning bir kuni qishni boqar. Gazetadan.◆ Otadan qolgan shu qoʻl dastgoh chol-kampirni umr boʻyi boqdi. A. Muxtor, Opa-singillar.◆ Sizning ketmon-laringiz oʻzingizni ham boqadi, dehqonni ham. S. Siyoyev, Yorugʻlik.
7 Parvarishlab yetishtirmoq, asramoq (uy hayvonlari va parranda haqida).◆ Tovuq boqmoq. Kurt boqmoq. n Bir xoʻroz boqib oʻtiribman, tepsa, xonni oʻldiradi. S. Siyoyev, Yorugʻlik.◆ Sharoit yomon, joʻja boqadigan joyimiz yoʻq, k a ta kl ar juda tor. Gazetadan.
- Mol (yoki sigir, qoʻy va sh. k.) boqmoq 1) mol asramoq.◆ Mol boqsang, ogʻzi-burning moy, Boʻri boqsang, ogʻzi-burning loy. Maqol. n ◆ Begimjon bu yil kuzda erimning kelishiga soʻyaman, deb qoʻy boqib yurgan edi, urush boshlanib qoldi. I. Rahim, Chin muhabbat; 2) molni yetaklab yoki haydab yurib oʻtlat-moq.◆ Men yoshlikdan otamga qarashdim, poda boqdim, mashoq terdim. Oybek, Tanlangan asarlar.
8 Qidirib topib oʻldirmoq (bitni, bur-gani).
- Bosh (yoki soch) boqmoq Boshdagi bitladni, sirkalarni topib oʻldirmoq.◆ Oygul kampir-ning boshini boqishga oʻtiribdi. "Oltin olma".◆ Qoʻshnilar savobuchun malakning sochini boqib, yuvib-tarab qoʻyardi. Mirmuhsin, Yoʻ-qolgan javohir.
9 s. t. Davolamoq, shifolamoq.◆ Uning ka-ssshni boqmagan vrach qolmadi. Kasalni boqib tuzatmoq. n Oʻjar ekan bu soldat, deb tashlab qoʻymadilar. Koʻp qatori yaramni boqdilar. N. Safarov, Olovli izlar.
10 Koʻmakchi feʼl vazifasida kelib, yetakchi feʼldan anglashilgan ish-harakatni bajarishga urinish, sinash maʼnosini bildiradi.◆ Mingboshi Zebi kirguncha, dutor olib chertib boqdi. Choʻlpon, Kecha va kunduz.◆ "Kam-bagʻal boʻlsang, koʻchib boq, boyvachcha boʻlsang, oʻlib boq", degan gapda hikmat koʻp ekan. S. Ahmad, Saylanma.
</a>Fol boqmoq q. fol.
Sinonimlari
tahrirlashAntonimlari
tahrirlashБОҚМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
tahrirlashFeʼl
tahrirlashboqmoq boqmoq
Tillar
tahrirlash- Turkcha:bakmak
- Gagauzcha:bakmaa
- Ozarbayjoncha:baxmaq
- Turkmancha:bakmak, qaramak, nazar salmak, seretmek
- Qrim-tatarcha:baqmaq, qaramaq, qıdırmaq
- Tatarcha:bağu, qaraw
- Inglizcha:to look