oʻsimlik
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
tahrirlashoʻ-sim-lik
Aytilishi
tahrirlashEtimologiyasi
tahrirlashOʻSIMLIK ’ekin, oʻt va daraxtlar’. Bu shoʻrxok yerlarda oʻ s i. m l i. k oʻsmaydi. Bu soʻz qadimgi turkiy tilda 'tepaga koʻtaril-’ maʼnosini anglatgan ös- feʼli-dan -(ü)m qoʻshimchasi bilan yasalgan otdan (ЭСТЯ, I, 553) eski oʻzbek tilida -loʻk qoʻshimchasi bilan yasalgan (КРС, 601); keyinchalik ö unlisining yumshoqlik belgisi yoʻqolgan, ü unli i unlisiga almashgan: (ös- + üm = ösüm) + lük = ösümlük > osimlik.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
tahrirlashMaʼnosi
tahrirlashHavo va tuproqdagi organik va anorganik moddalar bilan oziqlanadigan, anorganik moddalarni organik moddalarga aylantirish xususiyatiga ega boʻlgan, odatda, biror joyga oʻrnashgan holda rivojlanadigan organizm. ◆ Yovvoyi oʻsimlik. ◆ Madaniy oʻsimlik. Xonaki oʻsimlik. Koʻp yillik oʻsimlik. ◆ Giyohlar orasida koʻknor, nasha kabi zaharli oʻsimliklar borki, bulardan isteʼmol qshginganda, organizm qattiq zaharlanadi.. Gazetadan ◆ Bodring issiqsevar, yorugʻsevar va namga talabchan oʻsimlik. „Fan va turmush“
Sinonimlari
tahrirlashAntonimlari
tahrirlashЎСИМЛИК. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
tahrirlashSifat
tahrirlashoʻsimlik