Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Arabi ot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arabi ot — salt miniladigan qadimiy ot zoti; xalq seleksiyasi yoʻli bilan Arabiston yarim orolda milodiy 1-ming yillikda chiqarilgan. Turkman, Eron va Misr saxro otlari bilan urchitish natijasida takomillasha borgan. U choʻl sharoitiga yaxshi moslashgan, ochlik va suvsizlikka chidamli, uzoq, masofaga yaxshi yuguradi (poygada 1000 m masofani 1 min. 8,0 sekundda bosib oʻtadi). Arabi ot juda chiroyli, tusi boʻz, toʻriq, sherozi (kulrang) yoki jigarrang. Bu zotning dunyodagi ot zotlarini yetishtirishda va takomillashtirishda juda katta ishti-roki bor. Arabi otning qarchigʻayigacha balandligi 150 sm, koʻkrak qafasining aylanasi 175 sm, toʻpigʻi aylanasi 18,5 — 19,5 sm. Arabi ot Karpat, Kavkaz, Oʻrta Osiyodagi togʻ va togʻ oldi mintaqalarida mahalliy ot zotlarini yaxshilashda, ot sporti va sirk tomoshalarida foydalaniladi. Arabi otning nasldor aygʻirlari Stavropol oʻlkasidagi Terek ot zavodida urchitiladi. Arabi ot, shuningdek Hindiston, Misr, Turkiya, Fransiya, Ispaniya, GFR, AQSH, Polsha va boshqa mamlakatlarda boqiladi va koʻpaytiriladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil