Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Burbonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BurbonlarFransiya, Ispaniya va Ikkala Sitsiliya qirolligidagi qirollar sulolasi. Fransiyada 1589-1792, 1814-15, 1815-30 yillarda (asosiy vakillari: Genrix IV, Lyudovik XIV, Lyudovik XVI, Lyudovik XVIII, qarang Lyudoviklar); Ispaniyada 1700-1808, 1814-68, 1874-1931-yillarda va 1975-yildan (ispan shajarasiga Lyudovik XIV ning nevarasi Filipp V asos solgan); Ikkala Sitsiliya qirolligida 1735-1805, 1814-60 yillarda (shajara asoschisi — Filipp V ning oʻgʻli Karl IV) hukmronlik qilganlar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil