Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Duolingo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Duolingo, Inc.
Joriy holati onlayn
Sayt turi ommaviy tijoriy kompaniya
Roʻyxatdan oʻtish mavjud
Roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar soni 500 million foydalanuvchi[1]
Qaysi tillarda (kelajakda)
Muallifi en:Luis von Ahn, en:Severin Hacker
Ochilgan sanasi 30-noyabr, 2011-yil (12 yil avval) (2011-11-30) (ichki beta sinov versiyasi)
19-iyun, 2012-yil (12 yil avval) (2012-06-19) (ommaga eʼlon qilingan)
Aylanma mablagʻi $161.7 million USD (2020)[2]
Ishchilar soni 400+[2]
Mamlakat Pensilvaniya, AQSH
URL duolingo.com
Qaysi dasturlash tilida yozilgan Kotlin,[3] Swift,[4] React, Python, Scala,[5]HTML, CSS, JavaScript

Duolingo (djuːoʊˈlɪŋɡoʊ) — Qo'shimcha xorijiy tillarni oʻrgatuvchi veb-sayt va mobil ilova boʻlib foydalanuvchilar oraliq takrorlash yordamida soʻz boyligi, grammatika va talaffuzni mashq qilish uchun oʻziga xos „koʻnikmalarga“ ega boʻlgan holda maqsadli tillariga moslashtirilgan „tarmoqlardan“ foydalangan holda oʻrganadilar. Koʻnikmalar doirasidagi mashqlar yozma tarjima, oʻqishni tushunish, nutqni tushunish va qisqa hikoya mashqlarini oʻz ichiga olishi mumkin[6]. 2021-yil iyun holatiga koʻra, Duolingo 40 tilda 103 xil til kurslarini taklif etmoqda (biroq hali oʻzbek tili mavjud emas)[7]. Duolingo platformasining 500 milliondan ortiq roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilari bor[8].

Kompaniya freemium (bepul foydalanish) modelidan foydalanadi: ilova va veb-saytga bepul kirish mumkin. Biroq Duolingo ham haq evaziga premium (ayrim afzalliklar qoʻshilgan pullik xizmatlar) xizmatni taklif qiladi.

Duolingo gʻoyasi 2009-yil oxirida Pitsburg (Pensilvaniya, AQSH)da Karnegi Mellon universiteti professori Luis fon Ahn va uning shogirdi Severin Hacker tomonidan ilgari surilgan[9]. Von Ahn oʻzining ikkinchi kompaniyasi reCAPTCHA xizmatini Googlega sotgan va Hacker bilan birga taʼlim bilan bogʻliq xizmatni tuzish ustida ish boshladi[10]. Buning sababi Von Ahnning Gvatemalada unib oʻsganligi uning jamiyatidagi odamlarga ingliz tilini oʻrganish qanchalik qimmat ekanligi bunga turtki boʻlgan. Shveytsariyada tugʻilgan Hacker (Duolingo asoschisi va hozirgi texnik direktori) „bepul taʼlim haqiqatan ham dunyoni oʻzgartiradi“ deb ishongan va odamlarga buning uchun imkoniyat yaratmoqchi edi[11].

Loyiha dastlab Luis fon Ahnning MakArtur stipendiyasi va Milliy fan fondi granti tomonidan homiylik qilingan.