Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Epstein–Barr virusi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Epstein–Barr virusi — gamma-gerpes viruslar oilasi va Lymhocryptovirus turkumiga kiradi.

  1. Membrana antigeni-bu antigen zararlangan hujayralar yuzasida topiladi
  2. Yadro antigeni-hujayra yadrolarida topiladi.
  3. Kapsid antigeni

Bu virusning boshqa gerpes viruslaridan farqi shundaki, u shikastlangan hujayrani eritib yubormaydi, ularni koʻpaytiradi. Virus hujayralarda uzoq vaqt persistent holatida saqlanadi. U moʻtadil iqlimli mamlakatlard yashovchi kishilar orasida yuqumli mononukleoz, tropik davlatlarda Berkitt limfomasi, xitoyda esa nozofarengial karsinomani qoʻzgʻatadi. Odatda yuqumli mononucleosis, asosan, bolalar va oʻsmirlarda uchraydi. Bemorning harorati koʻtariladi, limfa tugunlari va taloq kattalashadi, qondagi monotsit limfotsit soni oshadi. Virus halqumdan ajraladigan suyuqlik va soʻlakda boʻladi, ular, asosan, B limfotsitlarda koʻpayadi.

Bemor sogʻaygandan soʻng maxsus T killerlar paydo boʻlib, ular tarkibida virus boʻlgan B hujayralarni oʻldiradi. Tabiiy killerlardan K limfotsit ham faollashadi va zararlangan hujayralarni yoʻqotishda qatnashadi. Xotira T hujayralari organizmda umrning oxirigacha saqlanadi . Qondagi virusni neytrallovchi antitelolar ham uzoq vaqt saqlanadi va B hujayralarga yangi virusning kirishiga yoʻl qoʻymaydi.

Oʻsma hujayralarining tarkibida koʻp miqdorda birikkan virus genomi boʻladi. Yadrolarda esa ENBA antigeni topiladi. Bemor sogʻaygandan soʻng qonida kapsid antigeniga qarshi avval I’m, soʻngra IgG sinfi antitelolari hosil boʻladi. Keyinroq membrana va yadro antigenlarga qarshi antigen hosil boʻladi. Virus DNK sini oʻsma hujayralarida topish uchun molekular gibridizatsiya va PSR usullaridan foydalaniladi.Vaksina yaratilgan. Manbalar. 1.https://www.mayoclinic.org/diseases-conditions/mononucleosis/expert-answers/mononucleosis/faq-20058444 2https://www.webmd.com/carol-dersarkissian

Tashqi saytlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

[Media related to Epstein-Barr virus at Wikimedia Commons Data related to Epstein–Barr virus at WikispeciesTranscriptome and epigenome of EBV Archived 18 January 2019 at the Wayback Machine]