Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Tragediya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Fojiadan yoʻnaltirildi)

Tragediya (qadimgi yunoncha: τραγῳδία, τράγος, tragos — „echki“ va ᾠδή, ōdè — „qoʻshiq“ soʻzlaridan soʻzma-soʻz — „echki qoʻshigʻi“), fojea — adabiyotning dramatik tur janrlaridan biri. Qadim yunonlarda hosil xudosi Dionis sharafiga xalq bayramlari oʻtkazilgan. Bu bayramlarda echkilar soʻyilib dasturxonga tortilgan. Qiziqchilar esa echki terilarini yopinib, turli sahna tomoshalarini koʻrsatishgan. Bunday jaydari qiziqchilarni tragoslar deyishgan. Keyinchalik bu soʻz oqibati fojia bilan tugaydigan sahna asarlariga nisbatan qoʻllanila boshlagan.

Yozilish tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tragik asar, yaʼni tragediyanining boshqa sahna asarlari (komediy, drama, monodrama, intermediya)dan farqi shundaki, u qahramonlar oʻrtasidagi kuchli ziddiyatlar asosiga quriladi, qahramonlar taqdiri fojia bilan yakun topadi, ular oʻrtasidagi konflikt (ziddiyat) shiddatli va keskin tus oladi. Fojiaviy asar qahramonlar xarakterining yorqinligi, ichki kolliziya (qarama — qarshilik, toʻqnashuv) kuchliligi, personajlar oʻrtasidagi konfliktning oʻta kuchli ekanligi bilan farqlanadi. Tragediya murosasiz kurash, gʻoyatda keskin ziddiyat zaminiga qurildi. Bunday asar asnosida kishilar qismati shiddatli, suronli siyosiy voqealar, turli ijtimoiy, shaxsiy qarashlar kurashi fonida koʻrsatiladi.

Koʻtarilgan maqsad

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tragediya doimo hayotdagi eng muhim, dolzarb hayot-mamot masalalarini koʻtarib chiqadi. Ijobiy qahromon istagi, qarashlari bilan u yashagan muhit oʻrtasidagi ziddiyat tragediyanining asosiy kolliziyasi (qarama-qarshiligi)ni keltirib chiqaradi va albatta ezgulikni eʼzozlagan, haqiqat fidoyisi, yaxshi inson fojiasi uning oʻlimi bilan tugaydi. Biroq bu qaygʻuli, faqat koʻzyosh oqizib tomosha qiladigan holat emas, balki dramaturg koʻzda tutgan ezgu gʻoyalarning tantanasi, kelajakka katta ishonch bilan yoʻgʻrilgan ijtimoiy ruhning gʻolib kelishidir. Ijobiy qahramonni mahv etgan qora kuchlar asar davomida oʻzlarining kaltabinliklari, maʼnaviy tubanliklari, taraqqiyot dushmanlari ekanlari kabi xislatlarini fosh etadilar. Fojiaviy sahna tomoshasi soʻngida qahramon halokati yovuz kuchlarning ham maʼnaviy oʻlimi bilan tugaydi.

Paydo boʻlishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tragediyaning paydo boʻlishi biz yuqorida eslatgan antik davr marosimlariga toʻgʻri keladi. Yunonlarning hosil xudosi Dionis sharafiga echki soʻyib bayram qilishlari, " echki qoʻshigʻi " degan lugʻaviy maʼno oʻsha davrga daxldordir. Haqiqiy tragik asarlar yaratish esa miloddan avvalgi beshinchi asrga kelib oʻzining kamolot bosqichiga koʻtarildi. Esxilning " Zanjirband Prometey ", „Oresteya“ , Sofoklning „Shox Edip“, „Antigona“ , Evripidning „Elektra“, „Medeya“, „Gerakl“ kabi tragediyalari optimistik ruh, adolat va haqiqatning qaror topishi, yuksak insoniy tuygʻularning maromiga yetkazib tarannum etilishi bilan ajralib turadi. Bu asarlar yunon sahna saʼnati, xususan, tragediyasining dovrugʻi jahonga yoyilishi sabab boʻldi.

Yevropada tragediyaning rivojlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yevropada tragediya uygʻonish va undan keyingi davrlarda ham keng rivojlandi. Ispan dramaturglari Lope de Vega , Kalderon, ingliz yozuvchisi V.Shekspir, nemis dramaturglari Gyote , Shiller, rus shoiri A.S.Pushkin kabilar bu sohada samarali qalam tebratdilar. Ular yaratgan „Otello“, „Gamlet“, „Romeo va Julyetta“, „Boris Godunov“ kabi tragediyalar bugungi kunda jahon teatrlari sahnalarida qayta-qayta oʻynalmoqda.

Oʻzbek adabiyotida tragediya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbek adabiyotida tragediyaning goʻzal namunalari Mahmudxo'ja Behbudiy — „Padarkush“ (1911) , Abdurauf Fitrat — „Abulfayzxon“ (1926) , Maqsud Shayxzoda — " Jaloliddin Manguberdi " (1944), " Mirzo Ulug'bek " (1961) tomonidan yaratildi. Ushbu asarlar oʻzbek sahna madaniyatining haqiqiy durdonalariga aylandi.