Hiratsuka (Kanagawa)
Hiratsuka
平塚市 | |
---|---|
Maxsus shahar | |
Koordinatalari: 35°19′N 139°21′E / 35.317°N 139.350°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Viloyat | Kantō |
Prefektura | Kanagawa |
1-marta qayd etilishi | III asr oxiri |
Shaharcha maqomi | 1-Aprel, 1889 |
Shahar maqomi | 1-Aprel, 1932 |
Hukumat | |
• Mer | Katsuhiro Ochiai (May, 2011dan beri) |
Hudud | |
• Umumiy | 67,88 km2 (30 sq mi) |
Aholisi (Aprel, 2021) | |
• Umumiy | 257 316 |
• Zichligi | 38/km2 (98/sq mi) |
Vaqt mintaqasi | UTC+9 (Japan Standard Time) |
– Daraxt | Camphor Laurel |
– Gul | Dianthus |
– Qush | Egret |
Telefon raqami | 0463-23-1111 |
Manzil | 9-1 Sengenchō, Hiratsuka-shi, Kanagawa-ken 254-8686 |
Veb-sayt | Rasmiy sayti |
Hiratsuka (yaponcha: 平塚市 Hiratsuka-shi )– Yaponiyaning Kanagawa prefekturasida joylashgan shahar. 2021-yil iyun holatiga koʻra shaharning taxminiy aholisi 257,316 kishini tashkil etadi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 3,800 kishi toʻgʻri keladi[1]. Umumiy maydoni 67.88 km2 (26.21 mi²)[2].
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hiratsuka Sagami daryosining oʻng qirgʻogʻida (gʻarbiy tomonida) Shonan hududida, Kanagawa prefekturasining deyarli markazida joylashgan va janubda Sagami koʻrfaziga qaragan shahar. Sagami daryosidan Kaname daryosigacha boʻlgan maydon shahar hududining shimoliy chekkasidagi tekislik boʻlib, shahar hududi janubga qarab choʻzilgan. Kaname daryosining gʻarbiy tomoni Oiso tepaliklarining bir qismi boʻlgan tepalikli hudud boʻlib, u yerda juda koʻp yashil oʻsimliklar mavjud. Hudud taxminan Tokio va Fudzi togʻi oʻrtasida joylashgan.
Chegaradosh munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hiratsuka nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa), yozi issiq va qishi salqin va qor yogʻmaydi. Hiratsukada oʻrtacha yillik harorat 14,6 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2144 mm, sentyabr esa eng nam oy hisoblanadi. Eng yuqori harorat avgustda 25,2 °C, eng pasti esa yanvarda, taxminan 4,4 °C atrofida boʻladi[3].
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4] Hiratsuka aholisi 20-asr oxirlarida tez oʻsgan, ammo 21-asrda platoga erishgan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1950 | 49,638 | — |
1960 | 108,279 | +118.1% |
1970 | 163,671 | +51.2% |
1980 | 214,293 | +30.9% |
1990 | 245,95 | +14.8% |
2000 | 254,633 | +3.5% |
2010 | 260,78 | +2.4% |
2020 | 258,422 | −0.9% |
Hukumati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hiratsuka toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 26 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shaklidagi shahar. Hiratsuka Kanagava prefekturasi assambleyasiga 3ta aʼzo qoʻsha oladi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Kanagava 15-okrugiga kiradi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hiratsuka aralash iqtisodiyotga ega, soliqlar Shonan Bank velodromida tikilgan pullar va shahar chetidagi sanoat zonalarida joylashgan bir qancha sanoat korxonalaridan tushadi. Yirik zavodlar Nissan Shatai, Yokohama kauchuk kompaniyasi, Canon kompaniyasi, Furukawa Electric, Hiratsukaning mashhur Namiki ruchkalarini ishlab chiqaruvchi – Pilot (ruchka kompaniyasi), Kansai Paint va Mitsubishi Plastics kompaniyalari tomonidan boshqariladi . Nissan Shatai shahardagi eng yirik ish beruvchi zavod, ammo hozirda zavodni Kandaga koʻchirish rejalarini eʼlon qilingan. Moog va MacDermid Performance Solutions kabi gʻarbiy firmalar ham ushbu shahar iqtisodiyotida oʻz oʻrniga ega[5].
Taʼlim tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hiratsukada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 28 ta davlat boshlangʻich maktabi va 15 ta davlat oʻrta maktabi mavjud. Shaharda Kanagawa prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan 5ta davlat oʻrta maktabi va 1ta xususiy oʻrta maktab mavjud. Prefekturada nogironlar uchun 4ta maxsus taʼlim maktabi ham mavjud. Tokay universiteti kichik hamshiralik va texnologiya kolleji ham Hiratsuka hududida joylashgan boʻlib, bundan tashqari Kanagava universiteti, Shoin universiteti va Tokay universiteti filiallari ham mavjud.
Tasvirlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Hiratsukadagi Tanabata festivali
-
Hiratsuka sanʼat muzeyi
-
Hiratsuka Atletika stadioni
-
Hiratsuka dengiz floti oʻq-dorilari omborining eski binosi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Hiratsuka city official statistics“ (ja).
- ↑ {{{editor}}}: „Hiratsuka-shi Statistical Documentation“. 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-mart.
- ↑ Hiratsuka climate data
- ↑ Hiratsuka population statistics
- ↑ „MacDermid Performance Solutions Completes Major Expansion of Japan Facility“. Yahoo! Finance (2016-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 29-iyun. „MacDermid Performance Solutions’ state-of-the-art R&D facility is located in Hiratsuka City and now equipped with enhanced capabilities to accommodate the changing requirements of Japanese customers of both plating chemistry and assembly materials.“.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Hiratsuka (Kanagawa) haqida turkum mavjud |
- Official Website (yaponcha)