Kojikode
Qiyofa
(Kalikutdan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kojikode, Kalikut - Hindistonning jan. qismidagi shahar, Kerala shtatida. Aholisi 450 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Arabiston dengizining Malabor sohilidagi port, tropik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport qilinadi. Taxta tilish va yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Oʻsimlik moyi, parfyumeriya, sellyuloza ishlab chiqariladi. Baliqovlanadi. 16— 17-asrlarda hunarmandchilik usulida mitkal (kaliko) toʻqish bilan mashhur boʻlgan (shahar nomi ham shundan). Ibn Mojid 1498-yilda Vasko da Gama boshchiligidagi kemalarni Hind okeani orqali K.ga olib oʻtgan. Oʻsha vaqtda shahar Hindistonning yirik savdo va hunarmandchilik markazlaridan biri edi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |