Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Karton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Karton (frans. carton, ital. carto — qogʻoz soʻzidan) — yuza birligining massasi yoki solishtirma ogʻirligi oddiy qogʻoznikidan katta boʻlgan qogʻoz turi. Yagona xalqaro tasniflashda qogʻoz bilan K. orasida aniq chegara koʻrsatilmagan. Mas, Germaniyada 150 g/m2, Polshada 180 g/m2, Rossiyada 250 g/m2 qogʻoz materiali K. deb qabul qilingan. Bir, ikki va koʻp qatlamli K.lar boʻladi. K. tayyorlashdagi asosiy texnologik operatsiyalar xom ashyoni maydalash, qoliplarga quyish, presslash, quritishdan iborat. K. olish qogʻoz olishdan uncha farq qilmaydi, lekin bunda ancha dagʻal va bikr tolali materiallar (mas, qoʻngʻir yogʻoch massasi, yarim sellyulozalar, makulatura va b.) dan foydalaniladi. K. xossalari ushbu texnik koʻrsatkichlari: yuza birligi (mas, 1 m2 ining massasi, kalinligi, namligi va b.) bilan belgilanadi. K. massasi tarkibiga yopishtiruvchi, bogʻlovchi, toʻldiruvchi, boʻyovchi moddalar qoʻshib, uning xossalarini oʻzgartirish mumkin. Vazifasiga va fizik-mexanik xossalariga qarab, K.ning qutilar yasash, matbaada, poyabzal i. ch.da, qurilishda, toʻqimachilik va b.da ishlatiladigan, elektroizolyasiya, qistirmalar va b. tayyorlanadigan xillari bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil