Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Luhansk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Luganskdan yoʻnaltirildi)

Lugansk (1935-58 va 1970—1990-yillarda Voroshilovgrad) — Ukrainadagi shahar, Lugansk viloyati markazi. Donbassning (Donetskdan soʻng) ikkinchi muhim shahri. Lugan va Olxovaya daryolarining qoʻshilish joyida. Temir yoʻl tuguni. Aeroport bor. Aholisi 480 ming kishi (1997). Donbassning yirik mashinasozlik markazi. Teplovozsozlik, mashinasozlik, avtomobilsozlik, „Dinamo“, „Uglepribor“, akkumulyatorlar, kuvurlar va boshqa zavodlar, yengil (mayin movut kombinati, trikotaj, poyabzal, tikuvchilik fabrikalari), yogʻochsozlik, kimyo-farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 3-oliy oʻquv yurti (shu jumladan, Sharqiy Ukraina universiteti), 3 teatr, filarmoniya, telemarkaz, 3 muzey (oʻlkashunoslik, badiiy, V. I. Dal uymuzeyi) mavjud. Luhansk 1975-yilda Yekaterinoslav (1797-yildan Lugansk) choʻyan quyish zavodi ishchilari uchun qurilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil