Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Mixail Masson

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Masson Mixail Yevgenyevichdan yoʻnaltirildi)
Mixail Masson
Tavalludi 3-dekabr 1897-yil (20-noyabr)
Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi
Vafoti 2-oktyabr 1986-yil(1986-10-02)
(88 yoshda)
Toshkent, OʻzSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi Tarix, arxeologiya
Ish joylari Toshkent davlat universiteti
Taʼlimi Petrograd politexnika instituti
Oʻrta Osiyo davlat universiteti
Ilmiy darajasi Tarix fanlari doktori
Ilmiy unvoni Professor
Mukofotlari

Mixail Yevgenyevich Masson (1897. 21.11, Peterburg – 1986.2.11, Toshkent) – arxeolog, tarixchi, sharqshunos, professor. Oʻrta Osiyo universiteti arxeologiya kafedrasi mudiri (1940—68), Oʻzbekiston (1944) va Turkmaniston (1950)da xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Turkmaniston Fanlar akademiyasi akademik (1951). Dastlabki arxeologik kompleks ekspeditsiyalar – Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (1936—1938), Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (JTAKE, 1945-yildan) asoschisi va rahbari.

Mixail Massonning otasi – Yevgeniy Ludvigovich Masson, yakobinchilar terrori davrida Rossiyaga koʻchib kelgan ruslashgan fransuz aristokratining avlodi, topograf; onasi – Antonina Nikolaevna Shpakovskaya[1]. Mixail Yevgenevich Masson tugʻilganidan boshlab onasi bilan Samarqandda yashagan. Samarqand erkaklar gimnaziyasida tahsil olgan. 1908—1909-yillarda arxeolog V. L. Vyatkin boshchiligida Ulugʻbek rasadxonasida olib borilgan qazishmalarda qatnashgan. 1912-yil 1-iyunda Vyatkin Massonni qazishma hududining boshligʻi etib tayinlagan.

1916-yilda Masson Samarqand gimnaziyasini (oltin medal bilan) tugatgan. 1916-yilda u Petrograd politexnika institutida irrigatsiya muhandisi boʻlish uchun oʻqishni boshlaydi. Harbiy xizmatga chaqirilgandan soʻng u Janubi-gʻarbiy frontda jang qilgan. 1917-yilda u ishchi va askarlar deputatlari kengashiga aʼzo etib saylanadi.

1918-yilda M. E. Masson Samarqandga qaytib keladi. Samarqandda M. E. Masson Samarqand viloyati muzeyi boshligʻi boʻlib ishlagan, uning faoliyati tufayli muzey kolleksiyasi turli eksponatlar bilan boyitilgan. Muzey 1924-yilda Toshkentga koʻchirilib, Masson Oʻrta Osiyo muzeyining arxeologiya boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlaydi. Bu vaqtda u Turkiston Sharq instituti kurslarida tahsil olgan. Shuningdek, Oʻrta Osiyodagi qadimiy yodgorliklarni restavratsiya qilishda arxeologik tadqiqotlar olib borgan va Oʻrta Osiyo respublikalarida muzey ishlari boʻyicha instruktor boʻlib ishlagan.

Masson 1929—1936-yillarda Oʻzbekiston Geologiya qoʻmitasida togʻ-kon tarixi boʻyicha ishlagan va u yerda geologik kutubxona yaratdi. U bu ishni Oʻzbekiston muzeylar hamda qadimiy yodgorliklar va sanʼat yodgorliklarini muhofaza qilish qoʻmitasining arxeologiya sektori rahbariyati bilan birlashtirgan.

1936-yildan Mixail Yevgenevich Masson Toshkentdagi Oʻrta Osiyo davlat universitetining arxeologiya kafedrasi mudiri boʻlgan. 1940-yildan – universitet professori ilmiy unvoniga erishgan.

Mixail Yevgenevich Masson 1986-yilda Toshkentda vafot etgan. Toshkentdagi Doʻmbirobod qabristoniga dafn etilgan.

Keyinroq Toshkent koʻchalaridan biriga Mixail Masson nomi berilgan[2].

Birinchi xotini Kseniya Ivanovna oʻz joniga qasd qilgan. Mixail Yevgenevichning ikkinchi rafiqasi Galina Anatolyevna Pugachenkova mashhur oʻzbek arxeologi[3], Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi akademigi.

Mixail Massonning birinchi xotini Kseniya Ivanovnadan tugʻilgan oʻgʻli Vadim Masson ham mashhur arxeolog.

1912-yilda Oʻrta Osiyoda arxeologik ilmiy tadqiqot ishlarini boshlagan (Afrosiyob), keyingi yillarda Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Jan. Qozogʻistonda koʻplab arxeologik razvedka va qazishma ishlarini olib borgan. Goʻri Amirdagi Temuriylar qabrlarini ochib tekshirgan ekspeditsiya aʼzolari tarkibida boʻlgan[4].

Masson rahbarlik qilgan JTAKE faoliyati bilan Niso va koʻhna Mare shahri harobalaridan topilgan osoriatiqalar olamshumul ahamiyat kasb etgan. Oʻrta Osiyo tarixi, ayniqsa, numizmatikasi va shaharlari (Samarqand, Buxoro, Toshkent) tarixiy topografiyasi, konchilik tarixi, meʼmorlik, epigrafika boʻyicha ilmiy yoʻnalishlar muallifi. Masson muharrirligi ostida 30 dan ziyod ilmiy toʻplamlar va monografiyalar, shuningdek, JTAKEning 18 jildi nashrdan chiqqan.

  1. Proщenie akademika Massona[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
  2. „Улицы Ташкента: М. Массон - Улицы Ташкента: М. Массон - Мой Город“. www.mg.uz. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-iyun.
  3. „Galina Pugachenkova died“. Fergananews.Com. Qaraldi: 2019-yil 29-dekabr.
  4. Милана Милана. „Тайна гробницы Тимура Проклятие Тамерлана“ (ru). YouTube. 2020-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-yanvar.
  • Axangeran. Arxeologotopografiches, kiy ocherk, T., 1953; Srednevekovie torgovie puti iz Merva v Xorezm i v Maverannaxr [Trudi Yujno-Turkmenistanskoy arxeologicheskoy ekspeditsii], t. 13, Ashxabad, 1996.