Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Momaqaldiroq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Momaqaldiroq yashin tufayli gumburlab chiqadigan tovushdir. Yashin tabiati va tinglovchidan uzoqligiga qarab, momaqaldiroq keskin, qattiq yoki uzoq, kuchsiz eshitilishi mumkin. Yashin bosim va haroratni keskin koʻtarib, chaqmoq ichi va atrofidagi havoni tez kengaytiradi. Oʻz navbatida havoning bu kengayishi tovush shok-toʻlqinini yaratadi va momaqaldiroq gumburlaydi. Yashingacha masofa tinglovchi tomonidan chaqmoq chaqishi va momaqaldiroq eshitilishi vaqtlari orasidagi intervalga asoslanib hisoblanishi mumkin.

Momaqaldiroq — qisqa vaqt davom etadigan, chaqmoq chaqib, elektr razryadi — yashin bilan kuzatiladigan atmosfera hodisasi; yashin yoʻli boʻylab havoning tezda isib kengayishidan hosil boʻladigan portlash toʻlqini. M. vaqtida bulutlar orasida yoki bulut bilan Yer orasida yashin paydo boʻlib, qattiq gumburlagan tovush chikddi. Tovush yashin yoʻlining har xil nuqgalaridan kuzatuvchiga bir vaqtda kelmaydi, balki bulut bilan Yer sirtida bir necha marta qaytib, har xil vaqtda kelgani uchun gumburlash davomli boʻladi. M., odatda, 15–20 km gacha eshitiladi. M. yomgʻirli bulutlarda hamda namlikka toʻyingan, harakatchan havo massasida vujudga keladi. Yomgʻirli bulutlarning balandligi 7–15 km, yuqori qismi temperaturasi 15° —20° dan oshmaydi. Ular suv tomchilari va muz kristallaridan iborat. M.li bulutlarning hajmi bir necha yuz km1 dan ming km³ gacha boʻlib, undagi suv va muz zarralarining massasi 106 — 107 t, potensial energiyasi 1013—10’4 J, yaʼni megaton quvvatli termoyadro bombasining energiyasiga teng. M.dagi elektr zaryadi 10—100 Kl, orasidagi masofa 1–2 km dan 10 km gacha, elektr razryadlari vaqtida elektr toki kuchi 10—100 A gacha yetadi. Sayyoramizda bir vaqtda 1800 tagacha M. kuzatilishi mumkin. M shim. ken-gliklarda juda kam buladi, lekin yoz oylarida Markaziy Arktikada ham kuzatiladi. Oʻrta kengliklarda yilning 10— 15 kuni M. bilan oʻtadi. M. yezda quruqpikda, qishda okeanlar ustida koʻp boʻladi. M. subtropik yerlarda juda kam boʻlib, ek-vatorda havo harorati yuqori, namligi katta boʻlgan paytlarda kuchli oʻtadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil