Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Oʻlja

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O'ljadan yoʻnaltirildi)

Oʻlja — 1) urushda zafar quchgan gʻoliblar tomonidan qoʻlga kiritilgan qurolyaroq, jangovar texnika va harbiy asbobanjomlar. Oʻrta asrlarda oʻzgalar yurtini gʻorat qilish oqibatida qoʻlga tushirilgan molmulk, harbiy aslaha va asirlar ham Oʻ. deb yuritilgan. Odatga koʻra, lashkar qoʻlga olgan Oʻ. bir yerga jamlanib, soʻng 5 ulushga boʻlingan. Oʻ.ning bir qismi hukmdorga berilgan, qolgan 4 qismi esa sarkardalar va jangchilar oʻrtasida martabasiga qarab taqsimlangan. Baʼzan Oʻ.ni taqsimlash muayyan ziddiyatlarga sababchi boʻlgan. Jumladan, Parvon jangitsa moʻgʻullarni tormor etgan Jaloliddin Manguberdi qoʻliga tushgan ulkan Oʻ. ichidagi arab otiga egalik qilish xususidagi Amin Malik hamda Sayfuddin Igʻroq oʻrtasidagi bahsning adolatli hal qilinmaganligi oxiroqibat sulton kuchining zaiflashuvi va Sind daryosi boʻyidagi jangaa magʻlubiyatga olib kelgan edi; 2) ovda qoʻlga tushiriladigan, tutib yoki otib olinadigan jonzotlar ham "Oʻ." istilohi bilan nomlangan. Qoraxoniylar davrida Oʻ. "barku" hamda "yarmaqan" atamalari bilan atalgan. Eski oʻzbek tilida Oʻ. maʼnosida arabcha "gʻaniymat" atamasi ham qoʻllangan.