Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Parvati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Parvati (Sanskrit. पार्वती, pārvatī – togʻlik) – Himalay xudosi Ximavata va apsara(pari) Menakaning qizi. Shivaning sevgilisi Sati oʻzini gulxanda kuydirgach, Shiva Kaylas togʻida zohidlikka beriladi. Sati esa Parvati qiyofasida qayta tugʻilib Kaylasga boradi, lekin Shiva uni qabul qilmaydi. Dev Tarakani yengishga qodir farzand tugʻilishi uchun maʼbudalar uning huzuriga sevgi xudosi Kamani yuborishadi. Parvati orqadan kelib Shivaning koʻzlarini kafti bilan yopib turganda Kama uning qalbini yoqmoqchi boʻladi. Shu payt Shivaning peshonasidan uchinchi koʻz oʻsib chiqib, Kamani kuydiradi. Bir kuni Shiva darvesh qiyofasida Parvatining yoniga borib oʻzini-oʻzi yomonlay boshlaydi. Lekin Parvati unga quloq solmaydi. Shundagina Shiva uni qabul qiladi. Ulardan jangchi Skanda va filsimon Ganesha dunyoga keladi.