Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Qoʻgʻa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoʻgʻa, chakan — qoʻgʻadoshlarga mansub koʻp yillik ildizpoyali oʻsimlik. Poyasi tik oʻsadi, silindrsimon yoʻgʻon, boʻyi 2–3 m. Barglari keng tasmasimon. Gullari mayda, ayrim jinsli, gulqoʻrgʻonsiz, qoʻngʻir tusli toʻpgulga yigʻilgan. Erkak gullari toʻpgulning yuqori qismida, urgʻochi gullari esa ost qismida joylashgan. Ildizpoyasi serkraxmal, yer bagʻirlab oʻsadi. Iyun—sentabrda gullaydi va mevalaydi. Mevasi yongʻoqcha. Uchmali mayda urugʻlari shamol vositasida tarqaladi. Urugʻidan hamda ildizpoyalaridan koʻpayadi. Oʻrta Osiyodatarqalgan. Botqoq joylarda, suv omborlari, ariqlar va tashlama kanallarning qirgʻoqlarida, toʻqayzorlarda oʻsadi. Sholi maydonlarini ifloslaydi.

Kurash choralari: yer ildizpoya joylashgan chuqurlikkacha haydaladi va soʻngra ildizpo-yalar yigʻishtirib olinadi. Sugʻorish sistemasidagi kanallar tozalanadi.