Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Qorovul (qishloq)

Koordinatalari: 41°33′25″N 60°35′29″E / 41.55694°N 60.59139°E / 41.55694; 60.59139
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qorovul
qişloq
41°33′25″N 60°35′29″E / 41.55694°N 60.59139°E / 41.55694; 60.59139
Mamlakat Özbekiston
viloyat Xorazm viloyati
tuman Urganç tumani
Aholisi
10 100
Vaqt mintaqasi UTC+5
[[File:|290px|Qorovul xaritada]]

Qorovul – Xorazm viloyati Urganch tumanidagi qishloq, tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi – Urganç (4 km). Qorovuldan viloyat markazi (Urganch şahri) gaça 4 km. Aholisi 10 ming kişiga yaqin (2005). Aholisi va xöjaliklari Shovot, Qirğizyop va boşqa kanallardan suv oladi. Paxta tozalaş, ğişt zavodlari, avtokorxona, „Xorazm – Nurtop“ ip gazlama korxonasi, quriliş taşkilotlari, sut va uzumni qayta işlaş sexlari bor. Kiçik va örta biznes korxonalari, mikrofirmalar işlab turibdi. Umumiy talim, bolalar musiqa, sport maktablari, kasb-hunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uylari mavjud. Stadion, sport maydonçalari va boşqa sport inşootlari bor. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar va boşqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Qorovuldan Urgançgaça avtobus va marşrutli taksilar qatnovi yölga qöyilgan.