Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Qullik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Quldan yoʻnaltirildi)

Qullik — ekspluatatsiyaning tarixan dastlabki va eng qoʻpol shakli, unda qul ishlab chiqarish qurollari qatorida, oʻz xoʻjayini — quldorning mulki hisoblangan. Quldorlik tuzumiga asos boʻlgan. Qullikning manbai: urush yoki qaroqchilik paytida asir olingan begona qabila aʼzolari, jinoyat qilgan yoki qarzlarini toʻlay olmagan qabi-ladoshlar, shuningdek, qullarning tabiiy koʻpayishi, qullar savdosi va boshqa Quldorlar jabr-zulmi qullarning yirik qoʻzgʻolonlariga sabab boʻlgan (qarangSpartak qoʻzgʻoloni).

Q-qullik ma'nosida.

Yaqin va Oʻrta Sharq musulmon mamlakatlarida Quldorlik birmuncha keng tarqalgan. Islom dini qul qilishga keng imkon bergan, shuning uchun urushlar paytida asir tushgan va Yevropa, Osiyo va Afrika bozorlaridan sotib olingan gʻayridinlar qullikning asosiy manbai boʻlgan. Musulmon Sharqi mamlakatlarida qullar ogir ishlarda — konlarda, qoʻshinlarda xizmat qilishgan (qarang Mamluklar). Osiyo, Afrika va Amerika mamlakatlarining mustamlaka asoratiga solinishi munosabati bilan (16-asr) qullikning yangi bos-qichi boshlangan. 17—19-asrlarda qul savdosi avj olgan. Amerikaga kelti-rilgan qullarning umumiy soni 10 mln. kishidan oshib ketgan. Plantatsiyalarda ogʻir mehnat qiluvchi qullarga ish hayvoni sifatida qaralgan. Kullar qarshiligining kuchayishi va qullikka qarshi keng jamoatchilik harakatining avj olishi natijasida qullik bekor qilina boshlagan. Mas, AQShdagi fuqarolar urushi (1861—65) natijasida qullik bekor qilingan. Biroq Markaziy va Jan.Arabistonda va Afrikaning baʼzi mamlakatlari (Efiopiya, Nigeriya va boshqalar)da qullik 20-a.ning 50-yillarigacha saqlangan. BMT 1948-yil qabul qilgan Inson huquqi umumiy dekla-ratsiyasining 4-moddasida qullik va qul savdosining hamma turlari taqiqlanishi eʼlon qilingan. 1956-yil Jenevada 59 davlat vakillari qullik qul savdosi va qullikka oʻxshash odatlar (majburiy mehnat va boshqalar)ni bekor qilishga doir konvensiya qabul qilishgan. Oʻrta Osiyo mamlakatlarida qullik klassik shaklda namoyon boʻlmagan. Bu yerla qullardan uy xizmatlari (qarollar), gʻulomlar va boshqa sifatida foydalanilgan. Harbiy ishga olingan gʻulomlar baʼzan, keyinchalik yirik lavozimlarga erishganlar (qarang Sabuktegin).