Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Mikroflora

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tuproq mikroorganizmlaridan yoʻnaltirildi)

Mikroflora (mikro... va flora) — muayyan tabiiy muhit (tuproq, suv, havo, oziq-ovqat mahsulotlari, hayvon, oʻsimlik, odam organizmi yoki organlari)da yashaydigan mikroorganizmlar majmui. M. termini, odatda, tabiiy substratlarga nisbatan qoʻllanadi. Mikroorganizmlarning muhitdagi soni tekshirilayotgan moddaning maʼlum hajmini qattiq yoki suyuq oziq muhitida oʻstirish yoki b. yoʻllar bilan aniqlanadi. Ifloslanganlik darajasiga qarab 1ml suvda 5 mingdan 100 minggacha, 1 g tuproqda 2—3 mln.gacha mikroorganizmlar boʻlishi mumkin. Odam va hayvonlar terisi, shilliq pardalari, meʼdasi, ichaklari va boshqa organlari ham M.ning doimiy yashash joyi boʻlib, normal sharoitda organizmga ziyon yetkazmaydi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil