Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Yamusukro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yamusukro – Kot-d’Ivuar Respublikasi poytaxti. Abidjan shahridan 260 km shimolida joylashgan. Aholisi 189 ming kishi (1998). Transport yoʻllari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat va yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Prezident qarorgohi, „Partiya uyi“ Ya.da joylashgan. Shahar atrofida kofe, kakao, yams, banan plantatsiyalari bor va boshqalar qishloq xoʻjalik ekinlari ekiladi.