Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Arastu

Vikiiqtibosdan olingan
Arastu
Vikipediyadagi maqola
Vikimanbadagi asarlar
Vikiombordagi fayllar

Arastu yoki Aristotle (talaffuzi: Aristotel)(miloddan avvalgi 384/383; miloddan avvalgi 322/321) – qadimgi yunon faylasufi, Aflotun shogirdi va Aleksandr Makedonskiy ustozi boʻlgan. Fizika, metafizika, nazm, teatr, mantiq, ritorika, siyosat, etika, biologiya hamda zoologiyaga oid ishlar yozib qoldirgan.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Arastu shunday yozadi: „Izzat tilasang iffatli boʻl, ulugʻlik tilasang muloyim boʻl, zafar tilasang adolat yoʻlini tut, qadr tilasang rostgoʻy boʻl, najot tilasang sabr qil, ilm oʻrganmoqchi boʻlsang jiddu jahd qil“[1].
  • Bu hayotda koʻp mehnat qilgan kishilargina muvaffaqiyatli boʻla oladilar: masalan, kim koʻp qurilishda ishlasa u yaxshi quruvchi boʻladi, kim arfani koʻp chalsa u yaxshi musiqachi boʻladi. Shunday tarzda, odilona harakatlanib biz adolatli inson boʻlamiz. Qiladigan ishlarimizni boshqarish orqali tartibli boʻlamiz, jasorat etadigan ishlarni qilib esa, kuchli inson boʻlamiz[2].

Manba

[tahrirlash]
  1. Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  2. Robin Sharma. Eng sara asarlari, Oʻlsang kim yigʻlaydi?, Toshkent: "ILM-ZIYO-ZAKOVAT" nashriyoti, 2019 — 512-bet.