imon
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]i-mon
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]a. إِيمَان — ollohga ishonch; liniy eʼtiqod
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1. din. Xudoga boʻlgan ishonch, eʼtiqod; koʻngilda ishonish va tilda iqror qilish. ◆ Imoniga, diniga mustahkam pokiza odam bor joydan ajina yuz chaqirim nariga qocharmish. S. Ahmad, „Hukm.“ ◆ Vatanni sevmoq ham, ilm oʻrganish ham, kattalarni hurmat qilish ham, tozalik ham imondandir. Gazetadan. ◆ Masalan, Paygʻambarimizdan rivoyat qilinadiki, Imon oltmishdan ziyod shuʼbalardan — tushunchalardan tashkil topgan, hayo esa oʻshalarning biridir Gazetadan.
2. Umuman, ishonch. ◆ Mufti oʻz ixtiyoridagi turli vositalar orqali Mirzoni tekshirib koʻrdi. Uning “sof millatchi” muhojir ekaniga imon hosil qildi. A. Hakimov, „Ilon izidan.“
- Imon keltirmoq "Lo iloha" oyatini oʻqib, xudoga ishonch-eʼtiqod bildirmoq. ◆ Eshon.. boʻgʻilibroq davom etdi: Yoʻq, bandaning ishi haq taologa imon keltirmoq! P. Tursun, „Oʻqituvchi.“ ◆ Bu odamlar xudoga ertayu kech ibodat qilar, har bir soʻzda unga imon keltirar.. edilar. P. Tursun, „Oʻqituvchi.“
- Imoni komil Shak-shubhasi yoʻq, butunlay ishonadi. ◆ Biroq Elchiyevning imoni komilki, shu asnoda hech kim qizichalik qattiq kuymasdi unga. E. Aʼzamov, „Javob.“
- Imonini yutmoq (yoki yoʻqotmoq, sotmoq) 1) xudoga ishonchni yoʻqotmoq, dindan qaytmoq; 2) koʻchma vijdonini sotmoq, vijdonsizlik qilmoq.
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ИМОН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]OʻTIL
Ot
[tahrirlash]imon (koʻplik imonlar)
Tillar
[tahrirlash]- Qrim-tatarcha: iman
Ruscha ru
imon
1 рел. вера (в бога); верование; религия; ◆ ~i yoʻq (odam) бран. уст. безбожник, бессовестный (человек); ◆ ~ keltirmoq уверовать;
2 вера, доверие; ◆ bunga ~im komil я полностью верю этому; у меня полное доверие к этому; ◆ ~ini yutmoq (или sotmoq) уст. (букв. проглотить, продать свою религию) 1) терять свою религию; 2) не сдерживать слова, не выполнять обещания.