Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

toj

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

toj

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

a. £-13 - toj, gulchambar; jigʻa; gultoj

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Shoxdarning hukmronlik ramzi boʻlgan, qimmatbaxo toshlar qadalgan ziy-natli bosh kiyimi. ◆ Shohlarning boshida mwi-ladan toji, Necha shaharlardan oladi boji. "Folklor" . ◆ [Mirzo Yodgor} Jurjonni qoʻlga olib, poytaxt Hirotni bosish, toj kiyish umidi bilan urinadi. Oybek, „Navoiy“ .

Sohibi toj Toj egasi, taxt egasi, toj-dor, hokimi mutlaq. Toji davlat Davlat tojining sohibi, hokimi. ◆ Alisher va.. toji davlat boʻlmish Husayn Boyqaro haz-ratlari goʻdaklikda doʻst va hammaktab ekanlar. Oybek, „Navoiy“ . Toju taxt yoki taxtu toj Hukmronlik ramzi; hokimiyat, davlat. ◆ Bu olishuv, toju taxt talashuvlaridan faqat fuqaro azob chekadi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ Buoʻt uchqunlari.. yaqinlarda birdan alangalanib yuzaga chiqadi, amirning taxtu tojini, uning homiylari bilan birga kuy-dirib kul qiladi. S. Ayniy, „Doxunda“ .

2 ayn. gultoj.

3 Baʼzi qushlarning boshidagi etdor oʻsimta. ◆ Xoʻrozning toji. m ◆ Kelin darha-qiqat yosh, lekin xuddi qiziqchilikka se-mirganday yum-yumaloq; egnida yengsiz qizil koʻylak, boshida popishakning tojiga oʻx-shagan, lekin qizil shlyapa. A. Qahhor, „Toʻyda aza“ . ◆ ..katta terakka ikkita qush kelibqoʻn-di. Narining boshida toji bor. S. Nurov, „Narvoy“ .

4 koʻchma Biror narsaning yuqori, yetuk qismi, uning ifodachisi. ◆ Inson barcha max-luqotning tojidir. Oybek, „Navoiy“ . ◆ -Chi-dash kerak. Sabr — inson irodasining toji, - dedi Joʻraxon. Nazarmat, „Joʻrlar baland sayraydi“ . ◆ Agar mazkur sheʼr bamisli bir qush boʻlsa, bu bayt uning toji-ku.. S. Siyoyev, „Avaz“ .

5 koʻchma Biror musobaqada gʻoliblik unvoni va shu gʻoliblik uchun kiydiri-ladigan kiyim. ◆ Qurʼaga koʻra, birinchi par-tiyada oq donalarni toj talabgori suradi. Gazetadan .

6 astr. Quyosh atrofidagi, kun tutilish paytlarida yaxshi koʻrinadigan yorugʻ gardish. ◆ Quyosh atmosferasining uchinchi, eng kalin va eng siyrak kotlami Quyosh toji deyiladi. "Astronomiya" .

7 tex. Gupchakka yoki boshqa asosga oʻrna-tiladigan gardishsimon qism. ◆ Shesternya toji. Toj shesternya.

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ТОЖ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

toj
1 корона; венец; ◆ toj kiymoq короноваться;
2 бот. венчик;
3 гребень (у некоторых птиц и пресмыкающихся); ◆ xoʻrozning toji петушиный гребень;
4 астр. корона; ◆ quyosh toji солнечная корона.