Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                

Anqara jangi- Amir Temur va turk sultoni Boyazid I Yildirim oʻrtasida 1402-yil 20-iyul kuni Anqara yaqinidagi Chubuk mavzeyida boʻlib oʻtgan jang. Jang Amir Temurning gʻalabasi bilan yakunlangan va natijada Usmoniylar imperiyasida taxt uchun kurash boshlangan, shuningdek Vizantiya imperiyasi poytaxti Konstantinopol yana 50 yil yashagan.

Anqara jangi

Sanalar 1402-yil 20-iyul
Urush yeri Anqara
Natija Temuriylar g'alabasi.
Raqiblar
Temuriylar davlati. Usmoniylar imperiyasi
Moraviya Serbiyasi
Branković tumani
Qoʻmondonlar
Amir Temur Boyazid I Yildirim
Kuchlar
200,000
  • Ogʻir zirxli suvoriylar
  • Turkiy va mogʻul kamonchilari
  • Piyodalar
  • 32 ta jangovar fil
160,000
Yoʻqotishlar
15,00-25,000 oʻlgan va yaralanganlar 40,000-50,000 oʻlgan va yaralanganlar
Umumiy yoʻqotishlar
55,000-75,000

Unda Amir Temurning taxminan 200 ming, Turkiya sultonining 160 ming askari qatnashgan. Ushbu jangning sodir boʻlishiga asosan quyidagi omillar sa-bab boʻlgan: Iroq, Shom, Dashti Qipchoq, Xuroson, Hindiston, Jeta singari mamlakatlarni oʻziga itoat ettirishga muvaffaq boʻlgan Amir Temur oʻz saltanatining janubi-gʻarbiy hududlariga yaqin joylashgan Bolqon yarim orol va Kichik Osiyoda barpo etilgan qudratli Usmonlilar davlatining kuchayib ketayotganligidan xavotirda edi, chunki Gʻarbiy Yevropa risarlaridan tashkil topgan katta armiyani tor-mor etgan, Bolqon davlatlarini egallagan usmoniy turklar Amir Te-murga taalluqli viloyatlarga ham tahdid sola boshlagan edi. Tarixning guvohlik berishicha, Amir Temur oʻz qoʻshini bilan Sharqiy Anadolu sarhadlariga 1386 yil qadam qoʻygan va Arzinjon shahri yaqinida turklarning katta harbiy kuchlarini magʻlub etgan. 1395 yil Sohibqiron bu oʻlkalarga ikkinchi bor yurish qiladi, Sivosni qoʻlga kiritadi. Amir Temur Anqara jangiga qariyb ikki yildan ortiq tayyorlanadi: 1399 yil Rumga yuzlanadi va Boyazid tomonidan fath qilingan Kamoh qal’asini qamal qiladi. Kamoh fath etilgach, koʻp fursat oʻtmay Amir Temur Anqarani qamal qiladi. Sohibqironning bu harakati aslida taktik tadbir boʻlib, tajribali sarkardaning asosiy maqsadi Boyazidni asosiy kuchlarini shahar mudofaasiga tashlashga majbur etib, soʻng unga qaqshatqich zarba berish edi. Toʻqat shahri yonida asosiy harbiy kuchlari bilan tur-gan Boyazid I Sohibqiron askarlarining Anqarani muhosara qilganligidan xabar topadi va qamaldagilarga koʻmak berishga oshiqadi. Amir Temur Anqara qamalini bekor qiladi va raqibini kutib olish taraddudini koʻradi. Qoʻshin qismlarini janggohning (Chibukobod degan yerda) qulay yerlariga joylashtiradi. Lashkargoh atrofida xandaklar qazilib, xavfsizlik choralari koʻriladi. Natijada Boyazid I qoʻshini oʻzi uchun oʻta noqulay shart-sharoitda jangga kirishga majbur boʻladi. Sulton qoʻshini ayniqsa, suv tanqisligi tufayli vujudga kel-gan tashnalikdan qattiq azob chekadi. Sohibqiron qoʻshini oʻzining an’ana-viy jangovar tartibi – yasodda harakat qiladi. Qoʻshinning qirq qismdan tashkil topgan markazi – qoʻliga Amir Te-mur bevosita rahbarlik qiladi. Soʻl qoʻl – juvangʻarga Shohrux mirzo va Xalil Sulton mirzo, juvangʻar hiravuli – ilgʻoriga Sulton Husayn mirzo, oʻng qoʻl – barangʻarga Mironshoh mirzo, barangʻar hiravuliga Abu Bakr mirzo yetakchilik qiladi. Markaz – qoʻlning oʻng tarafida Umarshayx mirzoning oʻgʻli Ahmad mirzo, Toshtemir oʻgʻlon, Shohsuvor singari sarkardalar joylashadi. Qoʻlning chap tomonidan Jalol Islom, Tavakkal qarqara, Ali Muhammad kabi bahodirlar oʻrin oladi. Qoʻshinning saflari oldida 30 ta jangovar fil muhorabaga shay qilingan edi. Qarshi tarafda Boyazid I Rum va Farang mamlakatlaridan jamlan-gan cherikiga tartib berib, jangga hozir boʻlib turdi. Qoʻshinning oʻng qanoti – barangʻarda serb knyazi Stefan (Boyazid Ining qaynisi) 20 ming kishilik farangliklar bilan, chap kanoti – juvangarda esa Musulmon (Sulaymon) Chalabiy (Boyazid Ining oʻgʻli) Rum lashkari bilan saf tortib turdi. Sulton Boyazid Ining oʻzi 572qoʻshin markazida qolib, uch oʻgʻli Muso, Iso va Mustafolarni chagʻdavul (qoʻshin orti)ga qoʻydi. Jang Mironshoh mir-zo qoʻl ostidagi barangʻarning dushman juvangʻariga qilgan shiddatli hujumi bilan boshlandi.Boyazid I qismi amir Jahonshoh va amir Qora Usmon rahbarligidagi Geydar tomonidan qilingan hujumga bardosh bera olmay jang maydonini tash-lab qochadi. Boyazid I qoʻshini saflarida paydo boʻlgan sarosimalikni payqagan Amir Temur barcha amirzodalar, umarolar, noʻyonlarning birgalikda dushmanga hujum qilishlariga hukm qiladi. Shiddatli toʻqnashuv uzoq va keskin davom etadi. Nihoyat, Sohibqiron kuchlarining qisuviga bardoshi qolmagan sulton askarlari chekina boshlaydi. Boyazid I qoʻmondonligidagi jangchilar soʻnggi damgacha qarshilik koʻrsatadilar. Yanicharlar bitta qolmay qirib tashlangandan soʻng Boyazid I va uning ikkinchi oʻgʻli Musoni Amir Temur tomonidan 1388 yil Chigʻatoy ulusi xonligiga koʻtarilgan Sulton Mahmudxon ibn Suyurgatmish-xon asir oladi. Sohibqiron Boyazid I qoʻshinlarining qolgan-qutgan qismini ta’qib etib, Bursa, Izmirni egallaydi va Marmar dengizi sohillariga chiqadi.Amir Temur tomonidan Boyazid I qoʻshinining tor-mor etilishi Usmon-li turk saltanatining ma’lum muddatga zaiflashishiga sabab boʻldi. Konstanti-nopolning turklar tasarrufiga kirishini hamda ularning Markaziy va Gʻarbiy Yevropaga qilmoqchi boʻlgan yurishlarini birmuncha fursatga orqaga surdi.

Adabiyotlar

tahrir
  • Ibn Arabshoh, Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur, T., 1992;
  • Shomiy Nizomiddin, Zafarnoma, T., 1996;
  • Dadaboyev H., Amir Temurning harbiy mahorati, T., 1996.
  • Hamidulla Dadaboyev.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir