Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                

Bon Jovihard-rok va ommaviy musiqaning jipslashuvida ishlaydigan amerikalik rok-guruh. Tarkibi: Jon Bon Jovi (vokal), Richi Sambora (gitara), Tiko Torres (barabanlar), Devid Brayan (klavishlar).

Bon Jovi
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Nyu-Jersi
Mamlakat AQSH
Faoliyat yillari 1983-bugun
Janr stadion rock, hard rock, glam-rock
Leybl Island Records
Tarkib Jon Bon Jovi,
Richie Sambora
David Bryan
Tico Torres
Hugh McDonald
Vebsayt http://www.bonjovi.com

Komanda 1983-yili Nyu-Jersida italiyaliklar Jon Bonjiovi (u familiyasini Bon Jovi'ga oʻzgartiradi) va Richchi Sambora tomonidan tashkil qilingan. Toʻrt yil oʻtib, ularning "Slippery When Wet" diski "Billbord" tomonidan AQSHda yilning eng koʻp sotilayotgan albomi deb tan olinadi. Ular muvaffaqiyatining siri quyidagidan iborat edi. Oʻsha yillari ommaviylashgan melodiyaviy Def Leppard'ning heavy metaliga ular hatto uy bekalarining yuragiga boradigan soʻzlarni qoʻyishadi. Oʻzlarining baland, energiyaviy balladalarini ular oʻzligi yozishmagan, balki oʻsmirlar uchun kommersial musiqa yozadigan professional mualliflardan sotib olishardi. Murakkab boʻlmagan videokliplar vokalchi Jon Bon Jovining modellik koʻrinishini va jonli chiqishlarning energetikasini taʻkidlash uchun olinardi.

1980-yillarning ikkinchi yarmida Bon Jovi dunyoning eng ommaviy har-rok-guruhi nomi uchun Guns N' Roses bilan musobaqalashishardi. Ular ketma-ketlik bilan Billboard Hot 100'ning choʻqqisiga "Livin' On a Prayer", "You Give Love a Bad Name", "Bad Medicine", "I’ll Be There for You" va "Blaze of Glory" (Jonning yakkahon ishi) kabi hitlari bilan chiqib olishardi. 1990-yillarda oʻzining musiqasini yanada yengillashtirib, ular butun dunyo disk-jokeylarining sevimli guruhiga (AQSHda ularning ommaviyligi pastga tusha boshlashiga qaramasdan) aylanadi. 1994-yil kuzida ular butun karyerasining eng muvaffaqiyatli singli boʻlgan - "Always" balladasi dunyo yuzini ko'radi. Uning muvaffaqiyati deb, "Cross Road" deb nomlanuvchi eng buyuk hitlarning termasi Buyuk Britaniyada yilning eng koʻp sotiladigan diski unvoniga erishadi. 1995-yili yana br muvaffaqiyatli albom — "These Days" chiqadi, komanda esa gastrollarni to'htatmay, to'la stadion muhlislarni yigʻishni davom etaveradi.

2000-yilga kelib "It’s My Life" singli dunyoning turli xil hit-paradlarida birinchi oʻrinni egalladi, Bon Jovi 1980-yillarning kommertsiyaviy jalbini yoʻqotmagan yagona hard-rok-komanda boʻlib, oʻzining yozuvlarini katta adadlar bilan sotishga muvaffaq boʻladi.

Jon Bon Jovi

Bon Jovi guruhi tuzilganidan beri yetti studio albomi, uch to'plam va bir jonli ijro albomi chiqardi. Shu kungacha dunyo bo'ylab guruhning 130 milliondan oshiq zapisi sotildi.[1] Boni Jovi 50 dan oshiq mamlakatda 34 milliondan oshiq muxlisga 2 600 dan oshiq konsert bergan.[2]

Diskografiya

tahrir

Studiyaviy albomlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Gary Graff. „Bon Jovi Hitlar kolleksiyasi payshanba kuni to'rtta yangi ashula bilan sotuvga chiqadi (Ingliz tilida)“. Oakland Pressi (6-noyabr, 2010). 2012-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-aprel. (Wayback Machine saytida 2012-10-18 sanasida arxivlangan)
  2. „Bon Jovi: Biz go'zalligimizda (Ingliz tilida)“. Top 40 Charts.com (2009-yil 6-aprel). Qaraldi: 2012-yil 23-aprel.

Havolalar

tahrir