Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                

Fortepiano (italyancha: forte — kuchli va piano — kuchsiz, sekin) — royal va piavdsholarning umumiy nomi. 18-asr boshida B. Kristofori (Italiya), J. Marius (Fransiya) va K.G. Shryoter (Germaniya) tomonidan ixtiro qilingan. Keyinchalik fortepiano mexanizmi va shakli I. A. Shteyn, I. A. Shtreyxer (Avstriya), A. Bekers (London), S. Erar (Parij) va boshqa ustalar tomonidan takomillashtirilgan. Tovush ogayeishlarini bosish orqali kigiz qoplangan yogʻoch bolgʻachalar bilan torlarga urish natijasida xreil qilinadi. Klavesin va klavikorddan dinamikasi oʻzgaruvchanligi (mas, kuchli peggedan astasekin piano darajasiga oʻtish imkoniyatlari) bilan farq qiladi (nomi shundan). fortepiano uchun ilk asarlarni I. Gaydn, V. A. Motsart, L. Betxoven va boshqa ijod qilgan. Fortepiano oʻzining keng ijroviytexnik hamda ifodaviy imkoniyatlari tufayli Yevropa koʻp ovozli musiqasida asosiy yakkanavoz va joʻrnavoz soz sifatida keng oʻrin olgan.

Fortepiano

Oʻzbekistonda fortepiano musiqasi 1920—30 yillarda V. Uspenskiy, B. Nadejdin qayta ishlagan oʻzbek xalq kuylaridan boshlab, keyinchalik G. Mushel, X. Izomov, B. Giyenko, Sayfi Jalil, N. Zokirov, oxirgi yillarda D. Saydaminova, R. Abdullayev, A. Nabiyev, M. Otajonov, D. Omonullayeva va boshqalarning miniatyuralari, sonata va konsertlari, koʻp qismli turkumlari bilan boyidi. Oʻzbekistonda fortepiano ijrochiligi sanʼati rivojiga A. Lisovskiy, N. Yablonovskiy, Oʻzbekistonda xizmat kursatgan artistlar O. Yusupova, A. Sharipova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi T. Popovich, xalqaro tanlovlar gʻolibi E. Mirqosimova, A. Sultonov, U. Polvonov va boshqa oʻz hissasini qoʻshgan.

Yana qarang

tahrir