Oltiariq
Oltiariq — Fargʻona viloyati Oltiariq tumanidagi shaharcha (1980 yildan). Tuman markazi. 470 m balandlikda. Viloyat markazi (Fargʻona shahri) dan 36 km, yaqin temir yoʻl stansiyasi — Oltiariq (6 km). Aholisi 11 ming kishi (2003), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, uygʻur, tatar, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham yashaydi. O.dan Margʻilon—Qoʻqon, Vodil—Uchuy avtomagistrallari oʻtgan. Aholi orasidagi rivoyatda shaharchaning qad. nomi Laylakxona yoki Laklakxona (ahrli zich joylashgan yer maʼnosida) boʻlgan deyiladi. Oltiariqsoy Qapchigʻay darasida 6 shaharcha (Povulgʻon, Polosoy, Laylakxona, Yangiqoʻrgʻon, Joʻra va Kitkon) ariqlariga boʻlingan. O. nomi shundan kelib chiqqan va keyinroq shaharcha va tuman nomiga oʻtgan. Xonlik davrida (18— 19-asrlar) O. Margʻilon viloyati Oltiariq bekligining markazi boʻlgan.
Oltiariq | |
---|---|
shahar | |
40°23′30″N 71°28′36″E / 40.39167°N 71.47667°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Fargʻona viloyati |
tuman | Oltiariq tumani |
Iqlim turi | quruq mo‘tadil |
Rasmiy til(lar)i | O'zbek |
Aholisi | 18 800 |
Milliy tarkib | O'zbeklar,Ruslar |
Konfessiyaviy tarkib | Islom |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Avtomobil kodi | 40 |
|
O.ning Bugʻdoychi mahallasida oʻtmishda xonlarning Kichik Oʻrda deb nomlangan yozgi qarorgohi joylashgan (hozirgi Oʻrdaning paxsa devori krldiklari saqlangan).
Shaharchada tuman hokimiyati bino-si, maʼmuriy idoralar, 50 dan ziyod sanoat, transport, aloka, qurilish korxonalari va boshqa muassasalar bor. „Paxta-bank“, „Asakabank“, Xalq banki, dehqon bozori, 3 umumiy taʼlim maktabi, madaniyat saroyi, 3 jamoat kutubxonasi, tuman tarixi muzeyi, tennis korti, markaziy kasalxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. „Motamsaro ona“ haykali oʻrnatilgan markaziy xiyo-bon, Mustaqillik maydoni mavjud.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Hamza shaharchasi