Muxtor Sultonov
Muxtor Nasrullayevich Sultonov (1926—1998) — Oʻzbekistonning atoqli davlat va jamoat arbobi, birinchi oʻzbek generallaridan biri, Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari (1979-1985), (1989-1991), militsiya general-mayori, 20 dan oshiq orden va medallar bilan taqdirlangan.
Мухтор Насруллаевич Султонов | |
---|---|
рус. Мухтар Насруллаевич Султанов | |
Tavalludi |
15.05.1926 |
Vafoti |
23.10.1998 Oʻzbekiston Toshkent shahrida |
Fuqaroligi | SSRI→ Oʻzbek SSR→ Oʻzbekiston |
Mukofotlari | 20 dan oshiq orden va medallari, Oʻzbekiston Kompartiya MQ, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi rayosati va Oʻzbekiston SSR vazirlar Kengashining, SSSR IIV va Oʻzbekiston SSR IIVning bir necha fahriy yorliqlari bilan taqdirlangan, SSSR IIV buyruqlarida qayd etilgan. |
Muxtor Nasrullayevich Sultonov (1926-1998 yillar) Oʻsh shahrini sharqiy qismini inqilobdan oldin boshqarishgan Sulton mingboshini nevarasi va Qudrat mingboshini jiyani boʻlgan. Muxtor Nasrullayevich Sultonov (15-may 1926 yil Oʻsh shahri-23-oktabr 1998 yil Toshkent shahri) maktabni tamomlagandan soʻng VLKSM tuman qoʻmitasining yoʻllanmasi bilan NKVD organlariga yuborildi. Oʻz ish faoliyatini Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi banditizm bilan kurashish boʻlimida boshladi. Shuningdek viloyatning Xoʻjaobod va Asaka tumanlari militsiya boʻlimlarida ishladi.
1945-1946 yillarda — Toshkent militsiya maktabida oʻqidi.
1946-1949 yillarda — Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi banditizm bilan kurashish boʻlimida xodim.
1949-1951 yillarda — Andijon viloyati Oyim tuman militsiya boʻlinmasi boshligʻi.
1951-1954 yillarda — Toshkent shahar militsiyasi 16-boʻlinma boshligʻi.
1954-1956 yillarda — Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi OBXSS boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari.
1956-1968 yillarda — Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.
1968-1979 yillarda — Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
1979-1985 va 1989-1991 yillarda Oʻzbekiston SSR ichki ishlar vaziri 1 oʻrinbosari[1].
1958 yili Oʻrta Osiyo davlat dorilfununi yuridika fakultetini sirtdan tamomladi (hozirda Mirzo Ulugʻbek nomli Oʻzbekiston milliy universiteti[2]. Militsiya general-mayori. M.N.Sultonov Oʻzbekistonda jinoyatchilik bilan kurashish, qonunchilikni mustahkamlash va jamoat tartibini oʻrnatish uchun beqiyos hissa qoʻshgan. M.Sultonov bir necha marta Andijon viloyati va Andijon shahar kommunistik partiya byuroligiga aʼzo, Andijon viloyati va Andijon shahar xalq deputatlari Kengashi deputati boʻlib saylangan. 1998 yil 23-oktabrda vafot etgan. Toshkent shahrining Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan.
Olgan mukofotlari
tahrirMuxtor Nasrullayevich Sultonov Sovet Ittifoqining 20 dan oshiq orden va medallari, Oʻzbekiston Kompartiya MQ, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi rayosati va Oʻzbekiston SSR vazirlar Kengashining, SSSR IIV va Oʻzbekiston SSR IIVning bir necha fahriy yorliqlari bilan taqdirlangan, SSSR IIV buyruqlarida qayd etilgan.
- Buvasi — Sulton Toirboyev — inqilobdan oldin Oʻsh shahrining sharqiy qismini boshqargan mingboshi, Oʻsh shahar katta oqsoqoli
- Buvasining ukasi — Qudrat Toirboyev — inqilobdan oldin Oʻsh shahrining sharqiy qismini boshqargan mingboshi, Oʻsh shahar katta oqsoqoli.
- Qudasi — Rahmonberdi Madazimov (1875—1933) — Qirgʻiziston janubidagi teatr harakatining asoschisi, Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatrining birinchi asoschisi, tashkilotchisi va badiiy rahbari, yozuvchi.
- Qudasi — Oʻrinboy Rahmonov (1910—1980) — Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatrining asoschisi, artist va shoir.
- Amakisi — Boltihoji Sultonov (1884-1919) — Qirgʻizistonning atoqli davlat, siyosat va jamoat arbobi, Oʻsh uezdi rahbari oʻrinbosari (1918-1919), Janubiy Qirgʻizistonda sovet hokimiyatini oʻrnatish uchun kurash rahbarlaridan biri, Oʻsh shahar militsiyasining asoschisi va birinchi boshligʻi (5-fevral 1918 yil).
- Jiyani — Izzat Sulton (toʻliq ismi Sultonov Izzat Otaxonovich) (Oʻsh shahrida 1910 yili tugʻilgan — Toshkent shahrida 2001 yili vafot etgan) — Toshkent kinostudiyasi direktori (1943-1945 yillar), Oʻzbekiston SSR vazirlar kengashi raisi madaniyat boʻyicha oʻrinbosari (1945-1948 yillar), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi (1956-1963 yillar), akademik (1995 yil), yozuvchi, dramaturg va adabiy tanqidchi.
- Jiyani — Sultonov Gʻani Sultonovich — Oʻzbekiston SSR vazirlar kengashi raisi oʻrinbosari (1956—1957 yillar), Oʻzbekiston SSR tashqi ishlar vaziri (1954—1959 yillar).
- Jiyani — Sultonov — Oʻzbekiston SSR xalq maorifi vaziri.
- Jiyani — Azizullo Izzatullayev (1925 — 1991) — Oʻzbekistonning davlat va jamoat аrbobi, Yangiyoʻl tumani ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1962-1983 yillar), "Vatan urushi" va „Hurmat belgisi“ ordenlari sohibi.
- Pochchasi — Qurbonov, Mamadali Qurbonovich (1905—1976 yillar) — Tojikiston SSR Xalq komissarlari kengashi raisi oʻrinbosari, yer xalq komissari (1937 yil), Tojikiston SSR vazirlar kengashi raisi (1937—1946 yillar), Oʻsh viloyati va Oʻsh shahar ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻsh shahridagi Pomir ishlab-chiqarish avtotransport birlashmasi bosh direktori, SSSR Oliy Kengashining 1 va 2 chaqirilishdagi deputati.
- Jiyani — Qurbonov Sergo-Shaxzoda Mamadaliyevich (Oʻsh shahrida 1964 yili tugʻilgan) — Ural togʻ-metallurgiya kompaniyasi bosh direktor oʻrinbosari, „Trans Atlantik Grupp“ MChJ egasi.
Manbalar
tahrir- ↑ Akademiya MVD Uzbekistana, 2014-03-20da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-03-26
- ↑ Tsentraziya, 2015-12-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-03-26
Havolalar
tahrir- NKVD-MVD Uzbekskoy SSSR
- Akademiya MVD Uzbekistana (Wayback Machine saytida 2014-03-20 sanasida arxivlangan)
- Oʻzbekiston IIV Akademiyasi (Wayback Machine saytida 2015-02-24 sanasida arxivlangan)
- Rukovoditeli NKVD-MVD soyuznix respublik SSSR
- Zamestiteli narkomov-ministrov vnutrennix del soyuznix respublik SSSR
- Iz istorii organov gosudarstvennoy bezopasnosti
- Tsentraziya Personi (Wayback Machine saytida 2015-12-22 sanasida arxivlangan)
- Biografii znamenitostey