Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Atir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atir (arab.– xushbo‘y) – xushbo‘y o‘simliklarning guli, bargi, iddizidan yoki ba’zi hayvonlar bezlaridan oli-nadigan moddalarning spirtdagi eritmasi. A. dastlab Sharq mamlakatlarida tarqalgan. U zamonlarda A. turli gul moylaridan olinib, mushk va anbarlar aralashtirib tayyorlangan. Qadim zamonlarda (miloddan avvalgi 5000 – 2000 yil) ham A. ishlatilganligi ma’lum. Hozir A. sun’iy usulda sintez qilingan har xil xushbo‘y moddalardan ham ishlab chiqarilmoqda. Gultojbarg yoki o‘simlik ildizidan efir moyi olish uchun u maxsus germetik qozonda ekstraksiya qilinadi va A. kompozitsiyasi (efir moyi bilan xushbo‘y modda aralashmasi) tayyorlanadi. Har bir A. uchun o‘ziga xos "hid" (bo‘y) tanlanadi. Tuzilgan kompozitsiya yuqori darajada tozalangan etil spirtda eritilib, emallangan berk idishlarda 12 kungacha saqlanadi. So‘ngra filtrdan o‘tkazilib, flakon shishachalarga quyiladi. A’lo sifatli A.da 10–12%, o‘rtachasida 5% xushbo‘y modda bo‘ladi. Toshkent atir-upa fabrikasida boshqa davlatlardan tayyor kom-pozitsiyalar olib ishlatiladi yoki efir moylari keltirilib, kompozitsiya shu yerda tayyorlanadi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil