Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Barno Qodirova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Barno Qodirova
Tavalludi 8-dekabr 1958-yil (1958-12-08) (65 yosh)
Fuqaroligi Sovet IttifoqiOʻzbekiston
Kasbi Aktrisa
Turmush oʻrtogʻi Orif Yoʻldoshev
Mukofotlari

Barno Qodirova – (1958-yil 8-dekabr, Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR) – aktrisa, dublyaj ustasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Doʻstlik ordeni sohibasi.

Faoliyati

1976-yilda Pushkin nomidagi oʻrta maktabni bitirib, Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining Dramatik teatr va kino aktyorligi fakultetida tahsil olgan. Dublyaj sohasidagi faoliyatini talabalik davridan boshlagan. Uning dublyajdagi ustozi Mukambar Rahimova boʻlgan. Bugunga qadar 1000 dan ortiq film va seriallarda ovoz bergan[1]. Uning ilk eng katta ovoz bergan filmi Ramayana teleseriali boʻlgan. Aktrisa faoliyati davomida "Gammi ayiqchalari", "Aka-uka Grim ertaklari", "Shrek" multfilmi, "Anderson ertaklari", "Oppogʻoy va yetti gnom", "Nofelet qayerda?", "Sabr kosasi", "Salom shodlik, salom gʻam" badiiy filmlariga, "Esmeralda", "Ikki dugona", "Mehmonxona xoʻjayini", "Baxt qasri" kabi teleseriallarga ovoz bergan.

Barno Qodirovani xalqqa tanitgan kinofilmlar esa "Togʻlik kuyov"[2], "Abdullajon", "Poyma-poy", "Oqibat", "Oʻjar kelin", "Bebaho", "Mazlumlar" kabi teleserial va badiiy filmlar hamda "Olovli yoʻllar", "Dil payvandi", "Oʻzi uylanmagan sovchilar", "Qismat bitigi", „Saodat“ singari milliy seriallar hisoblanadi.

U shuningdek Oʻzbekfilm kinostudiyasi aktrisasi hamda Oʻzbekiston kinoarboblar uyushmasi aʼzosi hisoblanadi.

Shaxsiy hayoti

Barno Qodirova Oʻzbekfilm kinostudiyasi rejissyori Orif Yoʻldoshev bilan turmush qurgan. Ularning ikki qizi va besh nabirasi bor. Katta qizi Shaxnoza Ubaydullaeva Oʻzbekiston telekanalining dublyaj studiyasida muharrir, ikkinchi qizi esa shifokor boʻlib ishlaydi.

Mukofotlari

Sanʼat sohasidagi faoliyati uchun Barno Qodirovaga 2019-yili Doʻstlik ordeni topshirilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist faxriy unvoni bilan ham taqdirlangan.

Manbalar

Havolalar