Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Daniya milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Denmark
Shirt badge/Association crest
Tahallusi De Rød-Hvide
(The Red and Whites)
Danish Dynamite
Assotsiatsiya Dansk Boldspil-Union (DBU)
Konfederatsiya UEFA (Europe)
Bosh murabbiy Kasper Hjulmand
Sardor Simon Kjær
Eng koʻp oʻynagan futbolchi Peter Schmeichel (129)
Eng yaxshi toʻpurar Poul "Tist" Nielsen
Jon Dahl Tomasson (52)
Uy stadioni Parken Stadium
FIFA kodi DEN
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma
FIFA Reytingi
Hozirgi 19 (20 July 2023)[1]
Eng yuqori 3 (May 1997, August 1997)
Eng past 51 (April 2017)
Birinchi xalqaro oʻyin
 Daniya 9–0 France B
(London, England; 19 October 1908)
Eng yirik gʻalaba
 Daniya 17–1 Fransiya 
(London, England; 22 October 1908)
Eng yirik magʻlubiyat
 Germaniya 8–0 Daniya 
(Breslau, Germany; 16 May 1937)
Jahon chempionati
Ishtiroki 6 (Ilk marta 1986-yili)
Eng yaxshi natijasi Quarter-finals (1998)
European Championship
Ishtiroki 9 (Ilk marta 1964-yili)
Eng yaxshi natijasi Champions (1992)
CONMEBOL–UEFA Cup of Champions
Istiroki 1 (Ilk marta 1993-yili)
Eng yaxshi natijasi Runners-up (1993)
Konfederatsiyalar kubogi
Ishtiroki 1 (Ilk marta 1995-yili)
Eng yaxshi natijasi Champions (1995)

Daniya milliy futbol terma jamoasi (Danish tili: Danmarks herre-fodboldlandshold yoki herrelandsholdet) xalqaro futbol musobaqalarida Daniya sharafini himoya qiladi. Terma jamoa DBU qoshida tashkil etilgan futbol klublari uchun boshqaruv organi boʻlgan Daniya Futbol Assotsiatsiyasi (DBU) tomonidan nazorat qilinadi. Daniyaning uy stadioni Kopengagenning Østerbro tumanidagi Parken stadioni. Daniya milliy jamoasining bosh murabbiyi Kasper Hjulmand.

Daniya 1906-yilgi Intercalated Games gʻolibi va 1908—1912-yilgi Olimpiya oʻyinlarida kumush medal sohibi boʻlgan. 1986-yilgacha FIFA Jahon chempionatiga chiqa olmagan.

Terma jamoa 1992-yilda Shvetsiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida eng yorqin oʻyinlarini oʻtkazgan. Daniya yarim finalda amaldagi chempion Niderlandiyani, finalda esa jahon chempioni Germaniyani magʻlub etdi. 1995-yilgi Qirol Fahd kubogida ham finalda Argentinani magʻlub etishgan. Ularning jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi 1998-yilda qayd etilgan boʻlib, chorak finalgacha yetib borishgan. Braziliyaga qarshi chorak finalda 3:2 hisobida magʻlub boʻlgan.

Daniya terma jamoasi 1908-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida.

Daniya A-darajali erkaklar jamoasidan tashqari, Daniya ayollar terma jamoasi bilan ham xalqaro musobaqakarda faol ishtirok etib kelmoqda. Ayollar uchun turli yoshlar darajasidagi jamoalarga ega, ayniqsa 21 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoa koʻplab yutuqlarga erishgan[2]. Tarixan, A darajasidagi jamoa 1988-yilgi Olimpiada oʻyinlarida qatnashgan. Bugungi kunda Olimpiya oʻyinlarida 21 yoshgacha boʻlgan jamoalar qatnashadi. Daniyada A-darajali jamoa va yoshlar jamoalaridan tashqari, Ligalandsholdet nomli maxsus liga mavjud. Nordic ligalarida eng yaxshi Daniya futbolchilari oʻynashadi. Ligalandsholdet 1983-yilning yanvarida tashkil etilgan. 2005 va 2011-yillarni hisobga olmaganda, har yili Nordic ligalarining qishki tanaffuslarida milliy terma jamoa uchun norasmiy o‘yinlar o‘tkazib keladi. A-jamoasi uchun tanlangan daniyalik futbolchilar koʻpincha shimoliy mamlakatlardan tashqari ligalarda oʻynashadi. Shunday qilib, milliy terma jamoa bosh murabbiyi bir necha marta Ligalandsholdet tomonidan norasmiy oʻyinlar oʻtkazish A-jamoasiga yangi daniyalik boʻlajak oʻyinchilarni sinab koʻrish imkoniyati sifatida taʼkidlagan[3][4][5].

Dastlabki yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1896-yil 12-aprelda Daniya XI jamoasi 1896-yilgi Olimpiada oʻyinlarida Gretsiyani 9-0 hisobida magʻlub etdi.

1897-yil 18-aprelda Gamburgda Daniya futbol assotsiatsiyasining seleksioner jamoasi Gamburg-Altona futbol assotsiatsiyasining seleksiya jamoasini 5000 tomoshabin ishtirokida 5:0 hisobida mag‘lub etgan.

1900—1906-yillardagi Olimpiada futbol musobaqasining dastlabki uchta mavsumi norasmiy maqomga ega edi, chunki bu olimpiada milliy futbol jamoalari uchun hali ochiq emas edi (faqat bir nechta davlatlardan uch yoki toʻrtta klub jamoalari qatnashgan). Daniya 1900 va 1904-yilgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etmadi. Ammo keyingisida ishtirok etish uchun taklif olishgan. Daniya sharafini himoya qiladigan jamoa Kopengagen futbol assotsiatsiyasi futbolchilaridan tuzilgan(KBU). Ular Olimpiadada gʻolib chiqdilar va shu bilan norasmiy oltin medalni qoʻlga kiritdilar. Ikki yil oʻtib, 1908-yilgi Olimpiya oʻyinlaridagi birinchi rasmiy futbol turnirida Daniya kumush medalni qoʻlga kiritdi. Keyingi Olimpiadada, 1912-yilda, jamoa yana kumush medalni qoʻlga kiritdi. 1920-yil avgustigacha jamoaning oltin davri davom etdi. Daniya Elo reytingiga koʻra dunyoda birinchi oʻrinni egalladi. Birinchi rasmiy milliy futbol oʻyini 1908-yil 19-oktyabrda Londondagi Olimpiya oʻyinlari paytida oʻtkazilgan. Daniya turnirning chorak finalida Fransiyaning ikkinchi jamoasini 9:0 hisobida mag‘lub etdi.

Daniya FIFA Jahon Chempionatidan oldingi davrda sezilarli oʻrin egallagan boʻlsada, 1930-yilgi jahon chempionatida ishtirok etmadi. Mamlakatning ajoyib futbol isteʼdodlarini yetishtirish qobiliyatiga qaramasdan, Daniya Futbol Ittifoqi (DBU) faqat milliy terma jamoani oʻrtoqlik oʻyinlariga va mintaqaviy turnirlarga joʻnata olar edi. DBU milliy terma jamoaga yana Olimpiada oʻyinlarida qatnashishni boshlashga ruxsat berdi va 1948-yilgi Olimpiadaning bronza medalini qoʻlga kiritdi. Shundan soʻng, jamoa faqat 1952-yilgi Olimpiadada chorak finalga chiqdi. DBU keyingi 1956-yilgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashmaslikni eʼlon qildi. Daniyaning eng yaxshi futbolchilarining aksariyati yashash uchun chet elga koʻchib oʻtishdi[6].

Parken Stadium, sigʻimi 38 065 tomoshabin. Kopengagenda joylashgan va Daniya milliy futbol jamoasining rasmiy uy stadioni sifatida foydalaniladi.

Daniya terma jamoasi uchun birinchi uy uchrashuvi 1910-yil 25-mayda Angliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib, 12000 tomoshabinga mo‘ljallangan „KBs baner“ stadionida („Granen“ maydonida, keyinchalik Forum Kopengagen) boʻlib oʻtdi. Ob’ektlar juda kichik deb hisoblanganligi sababli, Kopengagenda Idrætsparken nomi bilan yangi stadion qurildi. U 1911-yil 25-mayda ochilganidan beri KB futbol klubining barcha uy uchrashuvlarini qabul qiladi. Terma jamoaning uy oʻyinlarining aksariyati shu yerda oʻtkaziladi. Milliy terma jamoaning dastlabki 82 yillik davrida jami 254 ta A darajasidagi uy uchrashuvlarini oʻtkazgan, shundan 232 tasi Idrætsparkenda oʻtkazilgan. Idrætsparkenda oʻtkazilgan barcha uy uchrashuvlari orasida Daniya 125 gʻalaba (54%), 41 durang (18%) va 66 magʻlubiyat (28%) qayd etgan. Stadion 1957-yil iyun oyida Shvetsiyaga qarshi 1:2 hisobidagi oʻyinda 51 600 tomoshabinni yigʻish boʻyicha rekordga erishgan[7].

1908-yildan 1990-yilgacha boʻlgan birinchi davrga kelsak, Idrætsparkendan tashqari boshqa stadionlarda atigi 22 ta uy oʻyini oʻtkazilgan, ulardan 11 tasi Orxusdagi Orxus Idrætsparkda (oʻsha paytda Atletion nomi bilan mashhur), keyin Olborgdagi Olborg stadionida oltita oʻyin oʻtkazilgan. Qolgan beshta oʻyin esa boshqa toʻrtta stadionda oʻtkaziladi. Qachonki Idrætsparkendan boshqa stadion uy uchrashuvi uchun foydalanilsa, u faqat ahamiyati kam boʻlgan oʻrtoqlik oʻyinlari yoki Olimpiada saralash oʻyinlari uchun edi. Skandinaviya chempionati kabi yirik muhim turnirlar bilan bogʻliq oʻyinlarni faqat Idrætsparken oʻtkazish uchun foydalanilgan. UEFA Yevropa chempionati va FIFA Jahon chempionati saralash bahsalari bundan mustasno edi. 1990-yil dekabr oyida Idrætsparkenni qayta qurish boshlanganda, keyingi ikki rasmiy Evro-1992 saralash oʻyinlari Odensedagi Odense stadioniga koʻchirildi.

Murabbiylar shtabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Murabbiylar shtabi
Lavozim Ism
Menejer Daniya Kasper Xjulmand
Menejer yordamchisi Daniya Morten Wieghorst
Yordamchi murabbiy Daniya Kristian Poulsen
Fitnes murabbiyi Ispaniya Ismael Kamenforte
Darvozabonlar murabbiyi Daniya Kim Kristensen
Oʻyin tahlilchilari Daniya Tomas Sørensen----Daniya Christian Kejser
Tibbiyot xodimlari
Lavozim Ism
Doktor Daniya Morten Boesen
Fizioterapevtlar Daniya Morten Skjoldager----Daniya Tom Boysen----Daniya Mikkel Ottesen----Daniya Benno Gøttsche
Sport psixologi Daniya Carsten Hvid

Daniya milliy futbol jamoasi murabbiylik oʻrni tarix davomida koʻp marta oʻzgargan. 1908-yildan 1918-yilgacha DBU umumiy mas’uliyat bilan yagona boshqaruvchini tayinlashni afzal koʻrdi. 1919-yildan 1956-yilgacha boʻlgan davrda hech qanday bosh murabbiy boʻlmagan. Faqat vaqtincha boshqaruvchi tayinlangan. DBU Arne Sørensen (1956-yil noyabr — 1961-yil dekabr) va Poul Petersenni tayinlaganida (1962-yil yanvar — 1966-yil dekabr) bir necha yil davomida ularga jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiylik qilish va har bir oʻyindan oldin, oʻyin davomida jamoa taktikasini hal qilish mas’uliyatini yuklagan. Ammo milliy terma jamoaga oʻyinchilarni tanlashga ruxsat berilmagan.

1967-yildan 1969-yilgacha jamoa boshqaruvi yangicha yondashuvga oʻtdi va murabbiy sifatida UdtagelsesKomitéen tanlandi. Ushbu yangi yondashuvda oʻyinchilarni tanlash vazifasi UdtagelsesKomitéenga berildi. Ammo qoʻmita raisi endi terma jamoaning „taktik menejeri“ etib tayinlandi, chunki DBU ham oʻyinchilarni tanlashga, ham tegishli taktikaga taʼsir oʻtkazish uchun maxsus taktik menejerga ega boʻlish uchun shunday qildi. Biroq tayinlangan taktik menejer jamoani tayyorlash uchun mas’uliyatga ega emas edi, chunki bu ish uchun maxsus jismoniy murabbiy tanlangan. 1970-yilda DBU jamoa uchun faqat bitta bosh murabbiy tayinlash zarurligini anglab yetgach, ikkita murabbiy yondashuvini bekor qildi[8].

1970-yildan 1979-yilgacha oʻyinchilarni tanlash boʻyicha ish hali faqat murabbiyning mas’uliyati emas, balki ikki tomonning ham vakolati boʻldi. Oʻyinchilarni tanlash kerak boʻlganda, qoʻmitada ovoz berish yoʻli bilan qaror qabul qilinar edi. Bunda tayinlangan murabbiy uchta ovoz taʼsiriga ega boʻlardi va qoʻmitaning toʻrt aʼzosiga bittadan ovoz berildi. Ushbu maxsus tanlov jarayoni 1979-yil iyuligacha davom etdi. Keyinchalik qoʻmita bu qarordan ham voz kechdi va barcha vakolatlarni yagona murabbiyga berishga qaror qildi. Bosh murabbiy qilib Sepp Piontekni tayinlashdi. Unga barcha vakolatlar berilgan.

Murabbiylar tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi jadvalda 1908-yil oktyabr oyida boʻlib oʻtgan birinchi rasmiy oʻyindan beri milliy terma jamoaga tayinlangan barcha bosh murabbiylar roʻyxati keltirilgan. 1911-yildan 1961-yilgacha boʻlgan davrda jami 169 ta oʻyin murabbiysiz oʻtkazilgan.

Murabbiy Shu yildan Shu yilgacha Natijalar
G W D L Gʻalaba %
Angliya Charlie Williams Oktyabr 1908 Dekabr 1910 4 3 0 1 0100
Murabbiy yoʻq Yanvar 1911 Dekabr 1912 5 3 0 2 0100
Daniya Axel Andersen Byrval Yanvar 1913----Yanvar 1917 Dekabr 1915----Dekabr 1918 16 14 1 1 090
Yoʻq Yanvar 1916----Yanvar 1919 Dekabr 1916----Iyul 1920 10 5 1 4 0100
Yoʻq Avgust 1920 Avgust 1920 1 0 0 1 000,00
Yoʻq Sentyabr 1920 Dekabr 1938 77 35 13 29 045
Yoʻq Yanvar 1939 Oktyabr 1956 18 10 3 5 056
Yoʻq Iyul 1939 Sentyabr 1956 74 29 11 34 039
Daniya Arne Sørensen Noyabr 1956 Dekabr 1961 41 20 8 13 049
Yoʻq Iyun 1957 Sentyabr 1961 3 1 0 2 033
Daniya Poul Petersen Yanvar 1962 Dekabr 1966 47 17 8 22 036
Daniya Erik Hansen (taktik murabbiy)----Avstriya Ernst Netuka (mashgʻulot murabbiyi) Yanvar 1967 Dekabr 1967 8 4 2 2 0100
Daniya Erik Hansen (taktik murabbiy)----Daniya Henry From (mashgʻulot murabbiyi) Yanvar 1968 Yanvar 1969 11 4 1 6 036
Daniya John Hansen (taktik murabbiy)----Daniya Henry From Fevral 1969 Dekabr 1969 9 5 1 3 056
Avstriya Rudi Strittich Yanvar 1970 Dekabr 1975 61 20 11 30 033
Daniya Kurt Nielsen Yanvar 1976 Iyun 1979 31 13 6 12 042
Germaniya Sepp Piontek 1 Iyul 1979 Aprel 1990 115 52 24 39 045
Daniya Richard Møller Nielsen May 1987----May 1990 May 1988 73 40 18 15 055
Shvetsiya Bo Johansson Iyul 1996 Iyun 2000 40 17 9 14 040
Daniya Morten Olsen Iyul 2000 Noyabr 2015 166 80 42 44 048
Norvegiya Åge Hareide Dekabr 2015 31 Iyul 2020 42 21 18 3 0100
Daniya John Jensen 5 Sentyabr 2018 1 0 0 1 000,00
Daniya Kasper Hjulmand 1 Avgust 2020 35 22 3 10 063
Jami 888 416 180 292 047

Eng koʻp maydonga tushgan futbolchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Peter Schmeichel erkaklar terma jamoasida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchi boʻlib, 129 ta oʻyin oʻtkazgan
Daraja Futbolchi Ishtirok Gollar Pozitsiya Davr
1 Peter Schmeichel 129 1 GK 1987-2001
2 Dennis Rommedahl 126 21 MF 2000-2013
3 Simon Kjær 122 5 DF 2009–hozir
4 Christian Eriksen 120 39 MF 2010-hozir
5 Jon Dahl Tomasson 112 52 FW 1997-2010
6 Thomas Helveg 108 2 DF 1994-2007
7 Michael Laudrup 104 37 MF/FW 1982-1998
8 Morten Olsen 102 4 DF 1970-1989
Martin Jørgensen 12 MF 1998-2011
10 Thomas Sørensen 101 0 GK 1999-2012

Top goalscorers

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jon Dahl Tomasson 52 ta gol bilan erkaklar terma jamoasining eng yaxshi toʻpurari, shuningdek, erkaklar terma jamoasining sobiq murabbiy yordamchisi.
Daraja Futbolchi Gollar Ishtirok Nisbat Davr
1 Poul „Tist“ Nielsen 52 38 1.37 1910-1925
Jon Dahl Tomasson 112 0.46 1997-2010
3 Pauli Jørgensen 44 47 0.94 1925-1939
4 Ole Madsen 42 50 0.84 1958-1969
5 Christian Eriksen 39 120 0.33 2010–hozir
6 Preben Elkjær 38 69 0.55 1977-1988
7 Michael Laudrup 37 104 0.36 1982-1998
8 Nicklas Bendtner 30 81 0.37 2006-2018
9 Henning Enoksen 29 54 0.54 1958-1966
10 Brian Laudrup 22 86 0.26 1987-1998
Ebbe Sand 66 0.33 1998-2004

Hozirgi tarkib

[tahrir | manbasini tahrirlash]
0#0 pos. Futbolchi Tugʻilgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
1 1DA Kasper Schmeichel (vitse-sardor) 1986-yil 5-noyabr (36 yosh) 89 0  FRA Nice
16 1DA Oliver Christensen 1999-yil 22-mart (23 yosh) 1 0  GER Hertha BSC
22 1DA Frederik Rønnow 1992-yil 4-avgust (30 yosh) 8 0  GER Union Berlin
2 2HM Joachim Andersen 1996-yil 31-may (26 yosh) 22 0  ENG Crystal Palace
3 2HM Victor Nelsson 1998-yil 14-oktyabr (24 yosh) 8 0  TUR Galatasaray
4 2HM Simon Kjær (sardor) 1989-yil 26-mart (33 yosh) 122 5  ITA Milan
5 2HM Joakim Mæhle 1997-yil 20-may (25 yosh) 34 9  ITA Atalanta
6 2HM Andreas Christensen 1996-yil 10-aprel (26 yosh) 61 3  ESP Barcelona
13 2HM Rasmus Kristensen 1997-yil 11-iyul (25 yosh) 13 0  ENG Leeds United
17 2HM Jens Stryger Larsen 1991-yil 21-fevral (31 yosh) 49 3  TUR Trabzonspor
18 2HM Daniel Wass 1989-yil 31-may (33 yosh) 44 1  DEN Brøndby
26 2HM Alexander Bah 1997-yil 9-dekabr (25 yosh) 6 1  POR Benfica
7 3YH Mathias Jensen 1996-yil 1-yanvar (26 yosh) 22 1  ENG Brentford
8 3YH Thomas Delaney 1991-yil 3-sentyabr (31 yosh) 72 7  ESP Sevilla
10 3YH Christian Eriksen (3-sardor) 1992-yil 14-fevral (30 yosh) 120 39  ENG Manchester United
15 3YH Christian Nørgaard 1994-yil 10-aprel (28 yosh) 18 1  ENG Brentford
23 3YH Pierre-Emile Højbjerg 1995-yil 5-avgust (27 yosh) 63 5  ENG Tottenham Hotspur
24 3YH Robert Skov 1996-yil 20-may (26 yosh) 12 5  GER 1899 Hoffenheim
25 3YH Jesper Lindstrøm 2000-yil 29-fevral (22 yosh) 9 1  GER Eintracht Frankfurt
9 4HJ Martin Braithwaite 1991-yil 5-iyun (31 yosh) 64 10  ESP Espanyol
11 4HJ Andreas Skov Olsen 1999-yil 29-dekabr (22 yosh) 25 8  BEL Club Brugge
12 4HJ Kasper Dolberg 1997-yil 6-oktyabr (25 yosh) 40 11  ESP Sevilla
14 4HJ Mikkel Damsgaard 2000-yil 3-iyul (22 yosh) 21 4  ENG Brentford
19 4HJ Jonas Wind 1999-yil 7-fevral (23 yosh) 15 5  GER VfL Wolfsburg
20 4HJ Yussuf Poulsen 1994-yil 15-iyun (28 yosh) 68 11  GER RB Leipzig
21 4HJ Andreas Cornelius 1993-yil 16-mart (29 yosh) 44 9  DEN Copenhagen
  1. „The FIFA/Coca-Cola World Ranking“. FIFA (2023-yil 20-iyul). Qaraldi: 2023-yil 20-iyul.
  2. „Games of the I. Olympiad“ (English). RSSSF (2022-yil 3-fevral). Qaraldi: 2021-yil 4-oktyabr.
  3. „1889-1920 i dansk fodbold“ [1889-1920 in Danish football] (Danish). www.dbu.dk. Qaraldi: 2022-yil 26-noyabr.
  4. „Dänische Nationalmannschaft“ (de). TTZ (2021-yil 3-may). Qaraldi: 2021-yil 4-may.
  5. „Fodboldens indtog i Danmark: 1889 til 1908“ [The entry of football into Denmark: 1889 to 1908] (Danish). Danish Ballgame Union (2008-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 4-may.
  6. Birger B. Peitersen. „Danish Football“. Royal Danish Ministry of Foreign Affairs in collaboration with Danmark's Nationalleksikon (2003). 2011-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  7. DBU. „Landskampsstatistik -Idrætsparken (København)“ (da).
  8. SBU. „DBUs landstrænere i perioden 1967–69“ (da) (2001-yil 26-noyabr). 2018-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-oktyabr.