Edvard Grieg
Edvard Grieg | |
---|---|
Grig 1888-yilda | |
Tavalludi |
15-iyun 1843[1][2][3] Bergen, Shvetsiya-Norvegiya |
Vafoti |
4-sentyabr 1907[1][2][3] Bergen, Norvegiya |
Fuqaroligi | Norvegiya |
Kasbi |
|
Mashhur ishlari | Kompoziyalar roʻyxati |
Turmush oʻrtogʻi | nikoh |
Onasi | Gesine Hagerup |
Edvard Hagerup Grieg (talaffuzi: Grig; 1843.15.6 – Bergen – 1907.4.9) -norveg kompozitori, pianinochi, dirijyor, norveg milliy musiqa maktabi asoschisi. Leypsig konservatoriyasini tamomlagan (1862). Griegning ijodiy faoliyati Norvegiya milliy madaniyati yuksalishi davrida shakllangan. U Kristianiya (hoz. Oslo sh.)da Musiqa akademiyasini (1867) va Musiqa jamiyati (hoz. Filarmoniya, 1871) ni tashkil etgan. Pianinochi va dirijyor sifatida Yevropa mamlakatlarida konsert berib, milliy kompozitorlar asarlarini targʻib etgan. Grieg xalq kuylarini toʻplab, koʻplarini qayta ishlagan („Norveg raqslari“, „25 ta xalq raqs va qoʻshigʻi“ va b.). Grieg ijodida Norvegiya tabiati, xalq hayoti lavhalari nozik did bilan ifodalangan. Koʻpchilik asarlari kamer janrlarida: fortepiano pyesalari („Xalq hayoti manzaralari“, 10 daftardan iborat „Lirik pyesalar“ va b.), violonchel bilan fortepiano, skripka bilan fortepiano (3 ta) va fortepiano uchun sonatalar, norveg, daniya va nemis shoirlari sheʼrlariga yozilgan romanlar va qoʻshiqlar (150 tadan ziyod), torli kvartet, kvintet va boshqalar. Eng yaxshi orkestr asarlari teatr bilan bogʻlangan (Ibsenning „Per Pont“ pyesasiga 2 ta syuita, 1875; Byornsonning „Sigurd salibchi“ dramasiga musiqa, 1892). Fortepiano va orkestr uchun konserti (1868), „Xolberg zamonidan“ syuitasi (1885), „Simfonik raqslar“i (1898) mashhur. Shvesiya va Leyden musiqa akademiyalari (1872, 1883), Parij va Berlin sanʼat akademiyalari (1889, 1897) aʼzosi, Kembrij va Oksford universitetlarining musiqa doktori (1893, 1906). Oʻzbekistonda fortepiano va orkestr uchun konserti, „Per Gyung“ syuitasi va kamer asarlari ijro etilmoqda[4].
Manbalar
[edit | edit source]- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 (unspecified title)
- ↑ 3,0 3,1 (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |